Reja: Golografiyaning asosiy xossasi


Download 54 Kb.
bet4/6
Sana19.04.2023
Hajmi54 Kb.
#1365889
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Golografiya prinsipi va uning qullanishi.

Tovush to‘lqinlari yordamida ham gologrammalar olish mumkin. Kogerent tovush to‘lqinlari ilgaridan ma’lum, ultratovush yordamida juda katta obektlarni yoritish mumkin. Tovush va optik gologrammalar olish prinsiplari birday, faqat tovush gologrammalarida olimlarga yorug‘lik intensivligi o‘zgarishlari o‘rniga bosim o‘zgarishlari bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Tovush to‘lqinlari yorug‘lik o‘ta olmaydigan jismlarga ham osongina kirib boradi.

Akustik golografiya kelgusida meditsina, geofizika, metollurgiyada keng qo‘llanishi mumkin. Bunday gologramma yordamida vrach odamning ichki organlarini, geofizik esa yer boyliklarini ko‘ra oladi.

Fizik va injenerlar optik hisoblash mashinasi yaratishmoqda. Uning loyiha quvvati sekundiga 1 mlrd. operatsiyadan ortiq bo‘lib, hozir mavjud eng «tez» EHM larnikiga nisbatan o‘nlarcha marta katta bo‘ladi. Bunday mashinalarning asosini lazer qurilmalari tashkil qiladi. Ularning xotirasi ham optik bo‘lib, ma’lumotlarni golografik yozishga asoslanadi. O‘lchami 1010 sm2 bo‘lgan gologrammaga 100 mln dan ortiq ma’lumotni yozish mumkin; bunday hajmdagi ma’lumot uchun 1 mln. betga yaqin bosma tekst kerak bo‘ladi. Golografik optika yordamida hozir murakkab matematik hisoblashlar, funksiyalarni diferensiallash, integral operatsiyalar bajarilmoqda; eng murakkab tenglamalar yechilmoqda.


Golografiya haqida tushuncha Gologramma hosil qilish.Golografik tasvirni tiklash.
Golografiya tarixidan. Golografiya (yunoncha — to'la yozuv) — interferensiya ma-zarasi yordamida yozuvni va to'Iqin maydonini qayta tiklashning maxsus usuli. Bu usul interferensiya va difraksiya qonunlariga asoslangan.
Jismlarning fazoviy tasvirini qayd qilishning va qayta tiklashning bu yangi usuli 1947- yilda ingliz fizigi D.Gabor (1900-1979) tomo-nidan kashf qilingan. Bu kashfiyoti uchun D.Gabor 1971- yilda Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi. Golografiya ixtiro qilingan dastlabki yillarda unga yetarlicha e'tibor berilmadi. Buning aspsiy sababi qizigan manbalar chiqaradigan yorug’lik to’lqinlari yodamida keskin interferensiya manzarasi hosil qilish-ning imkoni bo’lmaganligidadir. Ammo yuqori darajadagi monoxromatik nurlar — lazer nurlari paydo bo’lganidan so’ng bu usulning amalda qo’llanishida keskin burilish ro’y berdi

Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling