Reja: G‘oyalarning xilma-xilligi
Download 347.11 Kb. Pdf ko'rish
|
3- Mavzu Maruza matni
3-MAVZU: G‘OYALAR XILMA-XILLIGI VA MAFKURAVIY JARAYONLARNING IJTIMOIY TARAQQIYOTGA TA’SIRI. Reja: 1.G‘oyalarning xilma-xilligi. 2.Mafkuraning turli xil ko‘rinishlari. 3.”Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” tamoyili. 1 G‘oya bilan g‘oyaning bir – biriga o‘xshamasligi va ular o‘rtasida farq bo‘lishini tabiiy jarayon deb qarash kerak. Lekin, ma’lum bir g‘oya va mafkurani jamiyat a’zolari ongiga majburan singdirish va rioya qilishni barchasidan talab qilish – jiddiy xatodir. Er yuzidagi barcha insonlar o‘z fikr – mulohazalariga ega bo‘lib amaliy faoliyat yuritadilar. SHu sababli yunon faylasufi Aristotel ikkita inson aynan bir xilda fikrlamaydi, ularning olam haqidagi tushunchalari, fikrlari xilma – xildir, deydi. Tabiiyki, mamlakatda ilg‘or g‘oyalar, mafkuralar qancha ko‘p bo‘lsa, ya’ni mafkuraviy plyuralizm hukmron bo‘lsa, taraqqiyotning samarali yo‘lini tanlab olishi uchun imkoniyat shunchalik keng bo‘ladi. Mustaqil O‘zbekiston mafkura kommunistik yakkahokimligidan voz kechdi va milliy taraqqiyoti uchun keng yo‘l ochdi. Mamlakatimizda mafkuralar va fikrlar xilma – xilligi ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangidan – yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishiga va ularni ro‘yobga chiqarish imkoniyatini yaratadi. Umummilliy g‘oya jamiyat a’zolarining, xalq ommasining tub manfaatlarini va orzu – umidlarini ifoda etadi, shu sababli ulkan maqsadlar yo‘lida birlashtiradigan joziba kuchiga ega bo‘ladi. Bunday g‘oya jamiyatda barqarorlikni ta’minlaydi. Ammo, fikrni erkin ifoda etadigan shaxs, guruh yoki ijtimoiy qatlam, avvalo, o‘zining aniq – ravshan, asosli qarashlariga ega bo‘lishi, o‘z nuqtai nazarining oqibati uchun ma’suliyatini o‘z zimmasiga olishi zarur. Tarixan ma’lumki, jamiyatda ezgu g‘oyalar barcha davrlarda insonni yuksak orzular bilan yashashga, olijanob maqsadlar yo‘lida e’tiqod bilan kurashishga o‘rgatadi. Bunga yorqin misoli sifatida O‘zbekistonning istiqlol yillarida barcha jabhalarda erishayotgan yutuqlarini keltirish mumkin. SHu narsani unutmaslik kerakki inson va jamiyat bor ekan, ezgulik g‘oyalarining ziddi bo‘lgan zulm va zo‘ravonlik, qabohat va jaholat yangi – yangi shakllarda namoyon bo‘lishi ham mumkin. Lekin ular insoniyatning adolat, tenglik, tinchlik, qardoshlik rivojlanishi va farovonlik g‘oyalariga tayanib, yuksak maqsadlar sari intilishlarini to‘xtata olmaydi. Ezgu g‘oyalar odamlarni faqat olijanob maqsadlar sari etaklaydi. Xulosa sifatida shuni alohida aytish zarur mustaqil O‘zekistonda hozirgi davrda millat, jamiyat, davlatning birlashtiruvchi bayrog‘i bo‘lgan milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish va xalqimiz ongiga singdirish yuzasidan faollik bilan ish olib borilmoqda. Bu mafkura mustaqillik yillarda erishgan g‘alabalarni, eng katta yutug‘imiz bo‘lgan istiqlolimizni, Ona Vatanimizni, farzandlarimizni bahtli kelajagini fidoyilik bilan himoya qilish, doimo hushyor va sergak bo‘lishga yordam beradi. Zero, O‘zbekiston bizning umumiy uyimiz – uni asrash har birimizning vazifamizdir. SHu ma’noda, milliy istiqlol g‘oyasi har birimizning qalbimizga singadigan, umumiy g‘oyamiz, ongimiz, dunyoqarashimizini tarkibiy qismidir. Muayyan g‘oya tom ma’noda g‘oya bo‘lishi uchun kishilar ongini egallashi, to‘g‘rirog‘i, ularning qalbidan joy olishi shart. Aks holda u yoki bu g‘oya faqat muayyan xabar yoki axborot sifatida saqlanib qoladi, xolos. Boshqacha aytganda, omborxonadagi keraksiz buyumlar kabi ongimizning bir chetidan joy olib yotaverishi mumkin. Jamiyat hayotida mafkuraviy omillarining sezilarli ta’siri mavjudligini bir qarashdayoq anglash mumkin. Hozirgi paytda ham g‘arazli geosiyosiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi mafkuraviy ta’sir o‘tqazishga eng avvalo, “bo‘lib tashla va xukmronlik qil”, degan qadimiy tamoyilga amal qilishga urinishni ta’kidlash zarur. Bu tamoyilni ro‘yobga chiqarishning birinchi yo‘li mamlakat ichida ijtimoiy parokandalikni keltirib chiqarishdir. Masalan, mamlakatimizga nisbatan bu usul o‘tish davridagi ijtimoiy – iqtisodiy qiyinchiliklarni bo‘rttirib ko‘rsatish orqali aholining mavjud holatdan noroziligini uyg‘otish, o‘z nog‘oralariga o‘ynaydigan muholifatchi kuchlarni yuzaga keltirish yo‘li bilan siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishga bo‘lgan xarakatlarda namoyon bo‘ldi. Bu yo‘lda diniy omildan foydalanishlar kuzatiladi. Ana shu xolat ham “maqsad vositani oqlaydi”degan aqida g‘arazli geostrategik manfaatlarni ro‘yobga chiqarishning asosiy qoidasiga aylanayotganligini ko‘rsatadi. Nega kishilar ongi va qalbi uchun kurash turli mafkuralarning bosh maqsadiga aylanib qoldi? CHunki g‘oya faqat inson qalbini egallaganda, inson ma’naviy – ruxiy xolatining uzviy qismiga aylangandagina harakatga da’vat etuvchi, rag‘batlantiruvchi kuchgaaylanadi. SHuning uchun ham bugungi kunda jahon miqyosida nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning bosh maqsadi bo‘lib qolmoqda. CHunonchi, er yuzining turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi har xil g‘oyalarni sinash maydoniga, boshqacha aytganda, mafkuraviy poligonga aylantirilmoqda. Odatda, poligon deganda, qurol – aslaha va texnikani sinash, qo‘shinlarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tqazish yoki harbiy sohada mashq va tadqiqotlar olib borish uchun mo‘ljallangan mahsus maydon tushuniladi. Hozirgi paytda uning mafkuraviy maydonga aylangannini va mintaqalararo harakat qilayotganini ko‘rib, bilib turibmiz. SHuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov bejiz aytmaganlar hozirgi davr – dunyoda g‘oyaviy qarama – qarshiliklar murakkab tus olgan paytda mafkuraviy poligonlar yadro poligonlaridan ham kuchliroq, ham xavfliroqdir. Download 347.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling