Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent – 2013 2 Uqtirish xati
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI Dilnavoz Yusupova ADABIYOT Universal qo‘llanma Toshkent – 2013 2 Uqtirish xati Adabiyot inson qalbini poklaydigan, komillikka yetaklaydigan, so‗z bilan hayratga soluvchi mo‗jiza bo‗lib, u bilan qiziqish faqat va faqat ijobiy hodisadir. Adabiyotni ma‘naviyat va ma‘rifat bo‗stoni deb ta‘riflashimiz mumkin. Har bir millatning, xalqning o‗z adabiyoti mavjud. Adabiyotning boy va ko‗lamdorligi o‗sha xalqning ma‘naviy dunyosi qanchalik boy ekanligini bildiradi. O‗zbek adabiyoti musulmon Sharqi adabiyotining bir qismi sifatida shakllangan bo‗lib, ming yillar davomida yaratilgan ijodiy xazina kelajak avlod kamolotida muhim o‗rin tutadi. Mazkur qo‗llanma oliy o‗quv yurtiga kiruvchilar, maktab, akademik-litsey va kollej o‗quvchilari hamda barcha adabiyot muhiblari uchun mo‗ljallangan bo‗lib, adabiyotshunoslik nazariyasi, o‗zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti, qisman jahon adabiyoti bilan bog‗liq muhim ma‘lumotlarni qamrab olgan. Qo‗llanma ikki yirik qismdan iborat: adabiyotga doir barcha ma‘lumotlar matni hamda ushbu qismni o‗zida jadval va chizmalarda aks ettiruvchi qism. Birinchi qismda adabiyotshunoslik bilan bog‗iq tushunchalar, adabiy turlar, janrlar, maxsus atama va istilohlar ta‘riflari; shoir va yozuvchilarning hayotiga doir muhim ma‘lumotlar, ijodiy faoliyati, yaratgan asarlarining qisqacha mazmuni yoritilgan. Ikkinchi qismda esa mazkur ma‘lumotlar alohida tarzda ishlab chiqilgan jadval va chizmalarda aks etgan. Bu muayyan maqsadlarni nazarda tutadi. Ta‘kidlash joizki, matn ichidan kerakli ma‘lumotni izlab topish foydalanuvchidan ancha vaqt va mehnatni talab qiladi. Asosan abituriyentlarga mo‗ljallangan ushbu qo‗llanmada mazkur holat hisobga olinib, foydalanuvchilar qisqa vaqt ichida ko‗proq ma‘lumotga ega bo‘lishlari va muhim nuqtalarni yaxshi o‗zlashtirishlari uchun birinchi qismda keltirilgan asosiy ma‘lumotlar aniq va lo‗nda tarzda tartib berilgan jadval va chizmalarda aks ettirildi. O‗quvchining biror dalilni qayta eslashi uchun kitobni yana varaqlashiga ehtiyoj qolmaydi: istalgan zaruriy ma‘lumotni jadval va chizmalardan topish mumkin. Shuningdek, maktab, akademik litseylar va kollejlardagi ta‘lim jarayonida tarqatmalardan, slaydlardan unumli foydalanish o‗zlashtirish samaradorligini oshiradi. 3 Yangi mavzuni bayon etishda o‗qituvchi keltirayotgan ma‘lumotlar, tushuncha va atamalarni o‗quvchi o‘z qo‗lidagi tarqatma asosida yana ham mustahkamroq o‗zlashtirish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Demak, mazkur qo‗llanmaning jadval va chizma qismidan pedagoglarimiz tarqatma material sifatida ham foydalanishlari mumkin, deb o‗ylaymiz. Qo‗llanma uchun tayanch manba sifatida maktab, akademik litsey va kollej darsliklaridagi ma‘lumotlar asos qilib olindi, shu ma‘noda mazkur ishga mualliflik ishidan ko‗ra tasniflash nuqtayi nazaridan yondashish to‗g‗riroqdir. Bundan tashqari, mavzuni chuqurroq yoritish uchun qo‗shimcha adabiyotlarga ham murojaat qilindi. Qo‗llanmani shakllantirishda foydalanilgan ushbu darslik-majmualar, ilmiy adabiyotlar ro‗yxati ham ilova qilindiki, foydalanuvchi ular yordamida bilimlarini yana ham kengaytirish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Umuman olganda, qo‗llanma adabiyot va adabiyotshunoslikka doir eng muhim ma‘lumotlarni bera oladi deb umid qilamiz. Qo‗llanma bilan bog‗liq mulohazalaringizni quyida ko‗rsatilgan elektron pochta manziliga yo‗llashingiz mumkin, bu bizni mamnun qiladi. Bildirilgan mulohazalarni inobatga olib, keyingi nashrlarda kerakli o‗rinlarni to‗ldirib borish nazarda tutilgan. Elektron pochta manzili: fayziy@inbox. ru Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling