Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Kitobiy dostonlar
- « poema »
- « epik qoliplar »
- « Yana bahor bo‘lsa, ochilar gullar, Gulni ko‘rsa mast bo‘b
1. Qahramonlik dostonlari: «Alpomish», «Yodgor».
2. Jangnoma dostonlar: «Yusuf va Ahmad», «Alibek bilan Bolibek», «Xoldorxon». 3. Romantik yoki ishqiy-romantik dostonlar: «Kuntug‗mish», «Murodxon», «Ravshan», «Malikayi ayyor», «Go‗ro‗g‗li» turkumi va b. 4. Tarixiy dostonlar: «Edega», «Shayboniynoma», «Oychinor». 5. Kitobiy dostonlar: «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Bahrom va Gulandom», «Rustami doston». Yozma dostonlar aniq muallif tomonidan she‘riy yo‗lda yozilib, biror personaj kechirgan hodisalar shoirning tuyg‗ulari bilan uyg‗unlikda tasvirlanadi. Bu xil asarlar adabiyotshunoslikda «poema» deb ham yuritiladi. She‘r bilan nasrning aralash kelishi xalq dostonlarining muhim belgisidir. Dostonlardagi she‘rlar, asosan, 11 bo‗g‗inli bo‗lib, barmoq vaznida aytiladi. Qahramonlarning o‗y-mulohazalari, nisbatan tinch ruhiy holati tasviri, o‗zaro so‗zlashuvlari 11 bo‗g‗inli she‘r bilan ifodalanadi. Ba‘zan dostonlarda tasvir talabiga ko‗ra 7 va 8 bo‗g‗inli she‘riy ifodalar ham uchraydi. Otlar chopishi, jang manzaralari 8 bo‗g‗inli parchalar bilan berilsa, personajlarning tezkor harakatlari aks etgan o‗rinlar 7 bo‗g‗inli she‘rlar bilan ifodalanadi. «Ravshan» dostonida o‗g‗lini qutqarish uchun shoshilinch ketayotgan Hasanxon tasviri aynan 7 bo‗g‗inli misralarda berilgan: Qulon yurmas yerlardan Quvib o‘tib boradi, Bulon yurmas yerlardan Buvib o‘tib boradi. Sakkiz bo‗g‗inli misralar esa maydon talashayotgan otlar holati yoki jang ko‗rinishi tasvifiga qo‗llaniladi: 24 Dushmanlarni to‘plab olib, Yetganiga qilich solib, Har dara o‘likka to‘lib, Bosh kesar maydon ichinda. Xalq dostonlaridagi nasriy tasvirlar ham juda o‗ziga xos, ko‗pincha saj yo‗lida, ya‘ni qofiyali sochma ko‗rinishida keladi. Nasriy tasvirlarning bu tarzda berilishi xalq dostonlarining ifoda darajasini yuksaltirib, badiiy ta‘sirchanligini orttiradi. Chunonchi, «Go‗ro‗g‗lining zo‗r deb ta‘rifi ketgan, zarbasi toshdan o‗tgan, qilichining ishlovi yetgan, tekkan omon qolmasin deb zaharning suvin yalatgan» nasriy parchasidagi «ketgan», «o‗tgan», «yetgan», «yalatgan» so‗zlari nasriy tasvirga ohangdorlik, musiqiylik baxsh etadi. Xalq dostonlarining deyarli hammasida uchraydigan ifoda va tasvirlar folklorshunoslikda «epik qoliplar» deyiladi. Ular xalq dostonlarida takrorlanib turadigan holatlar tasvirida qo‗llaniladi. Dostonlarning boshlanish va tugallanishi, personajlarning ko‗rinishi, o‗zaro munosabatlari, tulporlarga berilgan ta‘riflar, safar yoki jang tasvirida epik qoliplardan foydalaniladi. Misol uchun: Dam shu damdir, o‘zga damni dam dema, Boshing eson, davlatingni kam dema yoki: Kokillarim eshilgandir tol-tol, Har toliga bersa yetmas dunyo mol. Xalq dostonlarida asardan asarga ko‗chib yuradigan, badiiy qolip holiga kelib qolgan she‘riy qatorlar yoki folklorshunoslar tili bilan aytganda, uslubiy formulalar ham muhim badiiy ahamiyat kasb etadi. «Yana bahor bo‘lsa, ochilar gullar, Gulni ko‘rsa mast bo‘b Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling