Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Yaral!»
1. ADABIYOT VA ADABIYOTSHUNOSLIK 4 HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT «San’at» so‗zi arabcha bo‗lib, «yaratmoq» ma‘nosini ifodalaydi. Istilohda esa kishi kayfiyatiga ta‘sir qiladigan, zavqlantiradigan, ruhni hayratlantirish orqali poklaydigan, inson ong-u zakovati, qalbi va hissiyoti hosilasi bo‗lgan ijod mahsuliga san‘at deb qaraladi. Chinakam san‘at asari inson botinida kechadigan ruhiy holatlar, tuyg‗ularni tasvirlaydi. San‘at turi sifatida rassomlikni, haykaltaroshlikni, musiqani, adabiyotni, teatr va kinoni tushunish mumkin. Rassomlik rang va tasvir, haykaltaroshlik bevosita obrazni moddiy ko‗rinishda, musiqa ohang va kuy, teatr va kino ta‘sirchan ijro orqali inson hissiyotlarini ifodalab bersa, adabiyot inson ruhiyatida bo‗ladigan o‗zgarishlarni, uning tuyg‗ularini so‗z vositasida tasvirlaydigan san‘at turidir. Demak, adabiyotning yakka-yu yagona quroli so‗z hisoblanadi. Ilohiy kitoblarda aytilishicha, so‗z dunyodagi barcha narsalarning asosidir. Tangrining «Yaral!» (arabchasi «Kun!») amri bilan o‗n sakkiz ming olam va undagi jamiki narsalar dunyoga keldi. Demak, so‗z olam va undagi narsalardan oldin paydo bo‗lgan ekan. Badiiy adabiyot so‗z bilan ish ko‗radigan san‘at turidir. Shuning uchun badiiy adabiyot so‗z san‘ati deb yuritiladi. Badiiy adabiyot san‘atning murakkab va serqirra turidir. Badiiy adabiyotning ilmdan tub farqi shundaki, u ma‘naviy haqiqatlarni aks ettiradi, fan esa ilmiy haqiqatlarni ifodalaydi. Ilmiy haqiqatning haqiqatligini isbotlash orqali, ma‘naviy haqiqatni esa his qilish, tuyish yo‗li bilan anglash mumkin. Ma‘naviy haqiqatlar inson mavjudligining maqsadini belgilab bersa, ilmiy haqiqatlar ana shu maqsadga erishishga xizmat qiladigan vositalarni topadi. Bu holat ko‗rsatadiki, inson faoliyatida ma‘naviyat birlamchi ahamiyatga ega, ammo ilmsiz uni shakllantirish mumkin emas. Chunki ma‘naviyatsiz fan bo‗lmaganidek, ilmsiz ma‘naviyat ham yo‗qdir. Badiiy adabiyot san‘atning nihoyatda qadimiy turidir. Rivoyat qilishlaricha, dunyodagi birinchi she’rni hazrati Odam Ato o‗g‗li Hobilning o‗ldirilishi munosabati bilan to‗qigan ekan. 5 Insonning hayotiga yozuv kirib kelgunga va keng yoyilgunga qadar, badiiy asarlar og‗zaki tarzda yaratilgan va iste‘dodli kishilar tufayli og‗izdan og‗izga o‗tib kelgan. Yozuv paydo bo‗lgach va savodli kishilar birmuncha ko‗paygach, badiiy asarlar turli narsalarga yozila boshlagan va shu bilan insoniyatning o‗lmas mulkiga aylangan. Qay tarzda yaratilganligi va kishilik xotirasida qaysi shaklda saqlanib qolganligiga ko‗ra badiiy adabiyot ikki turga ajratiladi: Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling