1)
topishmoqli ertak. Unda topishmoq ertak ichida keladi;
2)
ertak-topishmoq. Undagi asar voqealari topishmoq asosida quriladi.
Topishmoqlar mavzu jihatidan rang-barang bo‗lib, ular olam va odam bilan bog‗liq
barcha narsa-hodisalarni qamrab oladi. Masalan, tabiat hodisalari, yil fasli va mavsumlar,
hayvonot dunyosi, odam, uning a‘zolari va xislatlari, mehnat va o‗quv qurollari, cholg‗u
asboblari, turarjoy, uy-xo‗jalik asboblari, qurol-yarog‗lar haqida bo‗lishi mumkin. Bundan
tashqari, topishmoqlar o‗zining yaratilish davriga ko‗ra quyidagicha farqlanadi:
1)
an’anaviy topishmoqlar. An‘anaviy topishmoqlar zamirida xalqimizning
tarixi, qadriyatlari aks etadi;
2)
yangi, zamonaviy topishmoqlar. Bu turdagi topishmoqlarda kundalik
turmushimizdagi o‗zgarishlar, fan va texnika yutuqlari o‗z ifodasini topadi.
Maqol va topishmoqning farqlari
1)
maqolda tugal xulosa, aniq hukm mavjud, topishmoqda bunday emas;
2)
maqol nutqni bezaydi, topishmoq ko‘proq idrokni charxlaydi, tez va to‘g‘ri
fikrlashga o‘rgatadi.
Topishmoqlardan namunalar
Bir parcha patir,
Olamga tatir.
(Oy)
***
Bir otasi, bir onasi,
Necha yuz ming bolasi.
(Quyosh, oy, yulduzlar)
***
Onasi bitta,
17
Bolasi mingta.
(Oy va yulduzlar)
***
Otasi uzun xo‘ja,
Onasi yoyma xotin,
Bolasi shirin-shakar.
(Tok, bargi, uzumi)
Qo‘shnimning arqoni devordan oshib tushdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |