Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. Xalq dostonlari va ularning turlari « Doston » forscha so‘z bo‘lib, qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif ma’nolarini
- « shoir » yoki « baxshi »
Marosim qo‘shiqlarida to‗y, aza va boshqa marosimlar bilan bog‗liq holatlar
tasvirlanadi («Yor-yor», «Kelinsalom», «Kuyovsalom» kabi). Mehnat qo‘shiqlari esa turli mehnat jarayonlari bilan bog‗liq. Masalan, xirmon yanchishda «Xo‗p hayda», «Maydagul», sigir, qo‗y, echkilarni sog‗ishda, buzoq, qo‗zi, 21 uloqlarni emizishda «Xo‗sh-xo‗sh», «Turey-turey», «Churey-churey» kabi xalq qo‗shiqlari dehqon va chorvadorlar ish faoliyatini o‗zida aks ettiradi. 2.4. Xalq dostonlari va ularning turlari «Doston» forscha so‘z bo‘lib, qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif ma’nolarini bildiradi. Adabiy atama sifatida ham folklorning, ham yozma adabiyotning muayyan janrini anglatadi. Xalq og‗zaki ijodiga mansub asarlarni yozma dostonlardan farqlash uchun ular xalq dostonlari deb yuritiladi. Favqulodda xususiyatlarga ega qahramonlarning boshidan o‗tgan qaltis voqealar she‘r va nasriy yo‗lda aralash tasvirlangan yirik hajmli, muallifi noma‘lum epik asarlar xalq dostonlari deyiladi. Xalq dostonlarini do‗mbira yordamida ijro etuvchi, kuylovchi san‘atkor o‗zbeklarda «shoir» yoki «baxshi» deb atalgan. Xorazmda dostonlar tor jo‗rligida aytiladi va bu xil aytuvchilar «xalfa» deb yuritiladi. Baxshi va xalfalarning badiiy bisotida juda ko‗p mavzularda, turli yo‗nalishlarda yaratilgan dostonlar mavjud. Ularning ilk bor qachon va kim tomonidan aytilganligini aniqlash deyarli mumkin emas. Baxshilar repertuaridagi asarlarning katta qismini ishqiy- sarguzasht dostonlar tashkil etadi. Bunday dostonlar mazmuni, asosan, sevgi mojarolaridan iborat. Ulardagi sevgi mojarolari qo‗rqinchli sarguzashtlar, ertaklardagidek xayoliy hodisalar hayotiy-real voqealar bilan aralash tasvirlanadi. Bunday dostonlardagi voqealar tizmasi (syujet) bir-biriga ancha o‗xshashdir. Qahramon ko‗pincha afsonaviy go‗zalni tushida yoxud uning suratini uzukda yoki oynada ko‗rib qolib unga g‗oyibona oshiq bo‗ladi. So‗ng uni izlab xatarli safarga otlanadi, sermashaqqat va tahlikali sarguzashtlarni, ajoyib-g‗aroyib voqealarni boshidan kechiradi, turli dushman kuchlar bilan to‗qnashadi, qahramonlik namunalarini ko‗rsatadi. Nihoyat, barcha qiyinchiliklarni yengib o‗tib maqsadiga erishadi. Dostonlarimizning asosiy qismi ishqiy sarguzashtlarga bag‗ishlanganligi o‗zbek xalqi juda qadim zamonlardan buyon chin insoniy muhabbatni qadrlaganini ko‗rsatadi. Ota-bobolarimiz hamisha yor tanlashda, yorga yetishish uchun kurashishda, uning nomusini himoya qilishda dunyo xalqlariga namuna bo‗lib kelganlar. 22 Dostonlar ijrochidan ham badihada, ham ijroda juda katta ijodiy mahorat talab qiladi. Dostonning og‗izdan og‗izga o‗tib avloddan avlodgacha yetib kelishi ustoz-shogirdlik an‘analarining vujudga kelishiga, oqibatda yirik dostonchilik maktablarining yaralishiga sabab bo‗ldi. O‗zbek folklorida xalq dostonlari alohida o‗rin tutadi. Olimlar XIX asr oxiridan XX asrning ikkinchi yarmiga qadar o‗zbek baxshilari tomonidan kuylangan 150 Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling