Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.5. « Ravshan » dostoni
sayrar bulbullar», «Qiyg‘ir degan qush o‘tirar qiyada», «Ot chopsa, gumburlar
25 tog‘ning darasi, Botirni ingratar nayza yarasi», «Xazon bo‘lmay bog‘da gullar so‘ldimi, So‘lgan gulga bulbul kelib qo‘ndimi?» singari uslubiy formulalar ko‗plab dostonlarda kelib, ham tasvirning ta‘sirchanligini oshiradi, ham aytuvchi baxshining nafas rostlashiga, fikrini to‗plab olishiga, quyilib kelayotgan tuyg‗ularni yaxshiroq ifodalash uchun zarur so‗zlarni topishiga imkon yaratadi. Xalqimiz kuylab kelgan dostonlar orasida «Go‗ro‗g‗li» turkumi alohida o‗rin tutadi. Bu turkum dostonlar turkman, qozoq, qoraqalpoq, tatar, turk, ozarbayjon, tojik, arman, gurji xalqlari orasida ham mashhur. O‗zbeklar orasida tarqalgan «Go‗ro‗g‗li» dostonlarining o‗zi yuztadan oshadi. 2.5. «Ravshan» dostoni «Ravshan» ishqiy-sarguzasht doston bo‗lib, «Go‗ro‗g‗li» turkumiga kiradi. Xalq orasida u o‗tgan asrda ham mashhur edi. Doston folklorchi olim Hodi Zarif (1905 – 1972) tomonidan birinchi marta 1928-yili Ergash Jumanbulbul o‘g‘li (1868 – 1937) og‘zidan yozib olingan va 1941-yili nashr ettirilgan. Ergash shoir «Ravshan»ni otasi Jumanbulbuldan, u esa ustozi Kichik Bo‗rondan o‗rgangan. Dostonning sayqal topib, badiiy go‗zal asar shaklini olishida Jumanbulbul va Ergash baxshilarning alohida xizmatlari bor. «Ravshan» otashin va samimiy muhabbatni kuylovchi, pok va haq islomiy e‘tiqod yo‗lida sobit tura oladigan iymonli kishilarni madh qiluvchi, ezgulikni, mardlik va botirlikni ulug‗lovchi, zulm va zo‗ravonlikni, adolatsizlikni qoralovchi asardir. «Ravshan» dostoni qofiyali nasr (saj)ning go‗zal namunasidir. Deyarli har bir nasriy parcha qofiyali. Dostonning she‘riy qismi, asosan, yetti, sakkiz va o‗n bir bo‗g‗inli barmoq vaznida. Sakkiz bo‗g‗inli vazn urush va jangovarlik holatiga juda mos keladi: Keling, kallar, keching jondan, Umiding bo‘lsa maydondan. Siz bir yondan, men bir yondan, Ot qo‘y g‘animning ustiga. 26 Asarda tasvir etilayotgan voqea yoki harakat sur‘ati tezlashgan holatlarda yetti bo‗g‗inli she‘rlardan foydalaniladi: Qush uchmagan cho‘llardan, So‘na yuzgan ko‘llardan, Odami yo‘q yo‘llardan, Dim uchi yo‘q cho‘llardan, Tomosha qing, mard Hasan Qistab o‘tib boradi. Dostonning qisqacha syujeti quyidagicha: Buxorodan tumanda, Taka-Yovmit deganda, Yovmit elida, Chambilning belida Go‗ro‗g‗libek davrini surib, dushmanning dodini berib o‗tdi. Yunus bilan Misqol parini Ko‗hi Qofdan, Eram bog‗idan keltirib, umr o‗tkazar edi. Go‗ro‗g‗libekning farzandi bo‗lmaydi. Hasanxonni Vayangandan, Avazxonni Xunxordan olib kelib ulg‗aytirgan edi. Avazxonni Og‗a Yunus pari, Hasanxonni Misqol pari o‗z tarbiyasiga olgan edi. Ulg‗aygach Hasanxon Arzirumdan xon Dalliga, Avazxon Gulqizga uylanadi. Hasanxon va xon Dalli o‗g‗il ko‗radilar, Go‗ro‗g‗libek Ravshanbek deb ism qo‗yadi. Avazxon bir-ikki yildan so‗ng qizli bo‗lib, Go‗ro‗g‗libek unga Gulanor deb ot qo‗yadi. Kunlardan bir kun Go‗ro‗g‗libek parilar bilan o‗tirganda o‗n besh-o‗n olti yoshli Ravshanbek kirib keladi, Go‗ro‗g‗li Avazxonning qizi Gulanorni Ravshanga olib bersammikin deb parilar bilan maslahatlashadi va sovchilik qilib Avaznikiga yo‗l oladi. Gulanorni ko‗z ostiga olib yurgan Ravshan bundan xursand bo‗ladi. Shuning uchun bobosining ortidan poylab borsa, Avaz qizini Ravshanga bermasligini aytib shunday deydi: Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling