33
«
Yaxshilarning yuzin ko‘rsang jannatdir, Yomon odam qilgan ishi minnatdir»
,
«
O‘zingdan kattani uchratsang pir bil, O‘zingni er bilsang birovni sher bil» va hokazo.
2.7. «Alpomish» dostoni
«Alpomish» dostoni qahramonlik mavzusiga doir bo‗lib, uning 40 dan ortiq varianti
mavjud.
Dostonning Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li ijrosidagi nusxasi 1927 – 1928-yillarda
Mahmud Zarifov hamda Hodi Zaripov rahbarligida yozib olingan. Mazkur doston IX –
X asrlarda yaratilgan degan taxminlar bor. Dostonning qisqacha syujeti quyidagicha:
Qadim zamonlarda 16 urug‗ Qo‗ng‗irot elida Dobonbiy va Alpinbiy deganlar o‗tdi.
Alpinbiyning Boybo‗ri va Boysari degan farzandlari bo‗lgan ekan. Ammo Boysari va
Boybo‗rilarning farzandlari yo‗q ekan. Kunlardan bir kuni o‗n olti urug‗ Qo‗ng‗irot elida
bir chupronto‗y bo‗lib o‗tadi. To‗yda aka-ukalarni o‗zlariga loyiq tarzda kutib olmaydilar.
Aka-ukalar to‗y egasiga katta to‗yona
puli berib, nega yaxshi kutib olishmaganini
so‗rashganda, ularning farzandlari yo‗q ekanligini yuzlariga solishadi. Boybo‗ri
bilan
Boysari Shohimardon pirining 3 kunlik yo‗l bo‗lgan ravzasiga kelishib,
Allohdan ularga
farzand so‗rab berishini iltimos qilishadi.
«Xudoning yaratgan sheri» bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: