Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
Shohimardon pir ularga farzand so‗rab beradi. Boybo‗ri o‗g‗illi va qizli, Boysari esa qizli
bo‗ladi. Shohimardon pirning o‗zi qalandar qiyofasida kelib bolalarga ism qo‗yadi: Boybo‗rining o‗g‗liga Hakimbek, qiziga Qaldirg‗och deb, Boysarining qiziga esa Barchinoy deb nom beradi. Hakimbekning o‗ng kiftiga besh panjasini uradi. Shundan so‗ng Hakimbek o‗tda yonmas, qilich kesmas, o‗q o‗tmas xususiyatiga ega bo‗ladi. Bolalar uch yoshiga yetganda ularni maktabga berishadi. Yetti yoshga kirib savod chiqarganlaridan so‗ng ularni maktabdan olishadi. Hakimbek harb ishini o‗rganishga, davlatni boshqarishga, shohlik, sipohiylik ilmlarini o‗rganishga o‗tadi. Barchin va Qaldirg‗och esa qo‗y sog‗ishni, chorvachilik ilmini o‗rganadilar. Yetti yoshga kirgan Hakimbek Alpinbiy bobosidan qolgan 14 botmon birinjdan bo‗lgan parlik yoyidan o‗q uzib Asqar tog‗ining katta cho‗qqilarini uchirib yuboradi. Shundan so‗ng unga «Alpomish» deb nom qo‗yadilar. Kunlardan bir kuni Boybo‗ri Alpomish bilan saxiylik va baxillikdan gap ochib, zakot to‗lagan odamning saxiy, to‗lamaganning baxil bo‗lishini 34 aniqlaydi. Alpomish eski kitoblarni o‗qib saxiy odamning zakot to‗lashi lozimligini aytadi. Boybo‗ri ukasiga zakot to‗lashi kerakligini ma‘lum qiladi. Ammo Boysari to‗lashdan bosh tortadi va o‗n olti ming uyli Qo‗ng‗irot elidan maslahat so‗raydi. Shunda kattalardan sado chiqmagach, poygakda o‗tirgan Yortiboy ismli oqsoqol shunday deydi: Maslahat bermaymiz Boysariboyga, Osilmaymiz Boybo‘rining doriga. Boysari o‗z akasiga zakot to‗laguncha qalmoqlarning yurtiga borib juz‘ya (g‗ayridinlarga solinadigan soliq) to‗lashni ma‘qul ko‗radi va Toychaxonning yurtiga ko‗chib ketadi. Qo‗ng‗irotliklar unga ergashadilar. Ular Chilbir cho‗lidagi Oynako‗l atrofiga yetib keladilar. Bug‗doyzorlarni bilmasdan payhon qiladilar. Qalmoqlar bu voqeadan xafa bo‗lib, Toychaxonga shikoyat qilib boradilar; Toychaxon Boysarini jazolamaydi. Aksincha, yashash uchun Chilbir cho‗lini, ichish uchun Oynako‗lni beradi. Qalmoqlar podshohi Toychaxonning to‗qsonta alp bahodiri bor edi. Ularning har biri to‗qson botmonli sovut kiyar edilar. Har kuni har biri to‗qsonta qo‗y yer edi. Har oyda shohdan to‗qson oltin tanga olar edi. To‗qson alpning eng zo‗ri yetti aka-uka edi. Kattasini Ko‗kaldosh, keyingilarni Ko‗kaman, Ko‗kqashqa, Boyqashqa, Toyqashqa, Qo‗shquloq, eng kichigini Qorajon deb atar edilar. Boysarining Barchinoy degan bir chiroyli qizi borligini bilgan alplar uni so‗rab sovchilikka borishadi. Boysarini «Kelgan boy» deb chaqirib, uning qizini so‗rab kelganlarini aytadilar. Boysari ertaga kelishlarini aytib ularni jo‗natib yuboradi. Qo‗ng‗irot eliga maslahat solganda, yana Yortiboy turib shunday deydi: Bu ellarga boshlab kelgan o‘zingdi. Tortinmay beraber endi qizingdi... Bu alplarni kuyov qilib olamiz, Mina elga toza erkin bo‘lamiz. Bu gapdan Boysari qattiq ranjib: «Mening qizim sening singling, nomardlar», – deydi. Shunda bu suhbatni eshitib turgan Barchinoy alplarga o‗zi javob berishini aytadi. 35 Ertasiga alplar yana keladilar. Boysari qizlari ulg‗ayib qolganligini, 14 yoshga to‗lganini, muchali sichqon ekanini aytib, ixtiyori o‗zidaligini bildiradi. Ko‗kaldoshning buyrug‗i bilan Ko‗kaman Barchinni aka-ukalarining turmushga chiqish talabiga javob berishi uchun o‗tovdan chiqarmoqchi bo‗ladi. Ammo polvon Barchin uni ko‗tarib yerga uradi, og‗zidan ko‗pik sachratadi. Barchin Alpomishga xabar yuborishini, o‗rtaga teng shart qo‗yishini, shu shartni bajargan kishiga turmushga chiqishini aytib olti oy muhlat so‗raydi. Barchinning baquvvatligidan hadiksiragan polvonlar bunga ko‗nadilar. Barchin Alpomishni chaqirib xat yozadi va Boysun eliga ketayotgan karvondan berib yuboradi. Ammo karvonboshidan xatni olgan Boybo‗ri Alpomishning Qalmoq eliga ketishini istamasdan xatni sandiqqa yashiradi. Bu xat tasodifan Qaldirg‗ochning qo‗liga tushib qoladi va akasiga xabar qiladi. Akasining ikkilanganligini ko‗rib shunday deydi: Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling