Toshkent davlat yuridik universiteti 1-bosqich talabasi “ M. Najimov” ilmiy maktabi aʼzosi Gʻulomjonov Hakimbek Shavkatjon oʻgʻlining A. Navoiy hayoti va ijodi haqida taqdimoti
Download 0.99 Mb.
|
Alisher Navoiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- A.Nvoiyning bolalik yillari.
- A.Navoiyning “Xamsa” asari
- Xamsachilikda A.Navoiyning tutgan oʻrni.
- Umrining soʻnggi yillari.
Toshkent davlat yuridik universiteti 1-bosqich talabasi “ M.Najimov” ilmiy maktabi aʼzosi Gʻulomjonov Hakimbek Shavkatjon oʻgʻlining A.Navoiy hayoti va ijodi haqida taqdimoti.Alisher Navoiy – Gʻazal mulkining sultoni.XV asr jahon maʼnaviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hijriy 844-yil ramazon oyining 17-kuni (milodiy 1441-yil 9-fevral)da Hirotda tugʻilgan. Hirot shahri XV asrning birinchi yarmida Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulugʻ saltanatning ikkinchi poytaxti, Temurning kenja oʻgʻli Shohrux Mirzoning qoʻl ostidagi obod manzillardan biri edi.A.Nvoiyning bolalik yillari.Alisher tugʻilgan xonadon Temuriylar saroyiga azaldan yaqin va yurtda muayyan nufuzga ega edi. Boʻlgʻusi shoirning otasi Gʻiyosiddin Muhammad oʻgʻlining tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratdi. Alisherning sheʼriyatdagi ilk ustozlari Mir Sayyid Qobuliy va Muhammad Ali Gʻaribiylar (togʻalari)dir. Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Qobuliy haqida: “Yaxshi tabʼi bor erdi, turkchada mayli koʻproq erdi…” — desa, Gʻaribiy haqida: “Xush muxovara (xushsuhbat) va xushxulq va dardmand yigit erdi. Koʻproq sozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xoʻb erdi. Musiqiy ilmidin ham xabardor erdi…” — deydi.A.Navoiyning “Xamsa” asari1483-yildan Alisher Navoiy oʻzining buyuk “Xamsa” asarini yozishga kirishdi va uni uch yilda tugalladi. Besh dostonni oʻz ichiga olgan bu ulkan badiiy qomus 50 ming misradan ortiq boʻlib, Navoiyning butun sheʼriy merosining deyarli yarmini tashkil qiladi. “Xamsa” — Alisher Navoiy ijodining qalbidirXamsachilikda A.Navoiyning tutgan oʻrni.Fors tilidagi birinchi “Xamsa” buyuk shoir Nizomiy Ganjaviy (1141–1209) tomonidan yaratildi. Shoir hech bir oʻrinda oʻzining “Xamsa” yozganini qayd etmaydi. Uning vafotidan 100 yil oʻtib, Hindistonda tugʻilib-oʻsgan forsiyzabon turk oʻgʻloni Xusrav Dehlaviy Nizomiy “Xamsa”siga birinchi boʻlib tatabbu yozadi va “xamsachilik” anʼanasini boshlab beradi. Dehlaviyning “Xamsa”si Nizomiyga ajoyib sharh va undagi mazmunlarning yangicha talqini sifatida oʻzining ham, salafining ham shuhratini olamga yoydi. XIV–XV asrlardagi mintaqa maʼnaviyati “Xamsa” anʼanasi taʼsirida rivojlandi. Shoirlarning salohiyati va iqtidori hech boʻlmaganda “Xamsa”ning bir dostoniga munosib javob yoza olish bilan oʻlchanadigan boʻldi. Bu — jahon maʼnaviyati tarixida betakror hodisadir. Turkiy adabiyotda Qutb va Haydar Xorazmiylar boshlab bergan “xamsachilik” anʼanasi oʻz kamolini Alisher Navoiy ijodida topdi.Umrining soʻnggi yillari.Hayotining soʻnggi yillari1500-yillarga kelib, turmush sharoiti qiyinlashib, sogʻligi zaiflashib qolganiga qaramay, shoir ijoddan toʻxtamadi. 1501-yilning boshida Navoiy kasallikdan vafot etdi. Butun Hirot xalqi oʻzining buyuk shoiri bilan xayrlashishga chiqdi va 7 kun motam tutdi.Navoiy oʻz ijodi bilan oʻzbek adabiyotining soʻnggi rivojini belgilabgina qolmay, Movarounnahr va Xurosonning butun maʼnaviy madaniyati taraqqiyotiga juda katta taʼsir koʻrsatdi. Uning asarlari, sheʼriyati qayta-qayta koʻchirilib, xalq orasida keng tarqalib, shoirlar uchun maktab vazifasini oʻtadi, madrasalarda keng oʻrganildi.Alisher Navoiy ijodi, uning ilmiy tahlili boʻyicha soʻnggi yillarda qator taniqli tadqiqotchilar ish olib bordilar va bugungi kunda ham Navoiyning merosi koʻpgina olimlarimizni ilhomlantirib keladi. Hozir maktablar, xiyobonlar, koʻchalar buyuk shoirimiz nomi bilan yuritiladi. Uning nomida Oʻzbekiston Davlat mukofoti ham taʼsis etilgan.Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling