Bayonnomasi №25. 11. 2022 yil Boyovut tumani
Download 118.73 Kb.
|
22-23 bayonnomalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAYONNOMASI № 25. 11. 2022 yil Boyovut tumani
Boyovut tuman 1-son kasb-hunar maktab axborot kutubxonasida 25-noyabr kuni “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo`naltirilgan” ishlar yuzasidan Pirimqul Qodirovning tavallud topgan kuniga bag`ishlab hayoti va ijodi haqida o`rganamiz mavzusida davra suhbati va “Yulduzli tunlar” kitobi taqdimoti BAYONNOMASI № 25. 11. 2022 yil Boyovut tumani
KUN TARTIBI: 1. Pirimqul Qodirovning hayoti va ijodi haqida ma`lumot. 2. “Yulduzli tunlar ” kitob taqdimoti. Boyovut tuman 1-son kasb-hunar maktab axborot kutubxonasida 25-noyabr kuni “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo`naltirilgan” ishlar yuzasidan o`tkazilgan Pirimqul Qodirovning tavallud topgan kuniga bag`ishlab hayoti va ijodi haqida o`rganamiz mavzusida davra suhbati va “Yulduzli tunlar” kitobi taqdimoti bo`lib o`tdi. Kitobni kutubxonachi R.Jahongirova taqdimot qildilar. Ular dastlab o`quvchi yoshlarga Pirimqul Qodirovning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berdilar. O`zbekiston xalq yozuvchisi Primqul Qodirov 1928 yilning 25 oktabrida Turkiston tizma tog`ining etaklaridagi Keng ko`l qishlog`ida tug`ilgan. U asli o`zbekning barlos qavmidan bo`lib 1951 yilda O`rta Osiyo Davlat universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatib Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi adabiyot institutining aspiranturasida o`qiydi. Yozuvchining ilk hikoyasi (1951) “Studentlar” nomi bilan chop etilgan. Shundan keyin “Jon shirin”, “Kayf”, “Olov” hikoyalari, “Qadrim” (1961), “Erk” (1968), “Meros” (1974) qissalari, “Najot”, “Baxillar va botirlar” afsona qissalari (1980), “Akromning sarguzashtlari” (1974), “Yayra institutga kirmoqchi” (1970) nomli qissa va hikoyalar to`plamlari birin ketin chop qilindi. P.Qodirov roman janrida qalam tebratib, “Uch ildiz” (1958), “Olmos kamar” (1976) romanlarini yaratdi. “Yulduzli tunlar” (1979), “Avlodlar davoni” (1989) romanlari bilan o`zbek tarixiy romanchiligi rivojigha katta xissa qo`shdi. “Ona lochin nidosi”, “Amir Temur siymosi” (2007) tadqiqoti tariximizni holis o`rganish borasida muhim o`rin egalladi. “Yulduzli tunlar” romani uchun P.Qodirov 1981 yil Respublika Davlat mukofatiga sazovar bo`lgan. U O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1997-2000), Respublika Oliy Majlisi fan, madaniyat va ta’lim qo`mitasi raisi (1991-1995) bo`lgan. O`zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov “Shuhrat” medali (1994), “El-yurt hurmati” (1998), “Buyuk xizmatlari uchun” (2006) ordenlari bilan mukofatlangan. Mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning ushbu asari o`zbek adabiyotining eng sara tarixiy romanlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ko`targan og`a-ini, tog`a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan. Roman voqealari orqali o`quvchi tarixda Temuriylar o`rtasidagi nizolar, fitna, fisq-u fasod tufayli yuzaga kelgan qonli urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida behad qonxo`r beklar zulmidan sillasi butkul qurigan xalqning g`oyat nochor ahvoli va uyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon qanchalar oson mahv etgani bilan tanishadi. Asarning bosh qahramoni mirzo Bobur odamlardagi bemehrlik, bir-birini ko`rolmaslik, xudbinlik, xiyonat singari jirkanch illatlar bilan g`oyat erta, o`n ikki yoshida taxtga o`tirganida ro`baro` bo`ldi. Taqdirning ayanchli zarbalaridan zada bo`lgan shohning kuygan yuragi – shoir qalbi qalandarlikni ixtiyor etgani ajab emas. Asar mutolaasi davomida butun umr Vatan ishqida yonib, sog`inch bilan o`rtanib, “Jonimdin o`zga yori vafodor topmadim...” deya iztirob chekkan bobokalonimiz dardi kitobxon qalbini larzaga soladi. Yozuvchining “Yulduzli tunlar” romani asosan Bobur mirzoning hayoti xaqida yozilgan tarixiy asar bo`lib undagi bo`lib o`tgan voqealar o`quvchilarni befarq qoldirmadi. Tadbir o`quvchilarda yaxshi ta`assurot qoldirdi. QAROR QILINDI: 1. Pirimqul Qodirovning hayoti va ijoddi haqida berilgan ma`lumot inobatga olinsin. 2. “Yulduzli tunlar” asari haqida o`tkazilgan taqdimot tafsilotlarini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish Z.Jumanova zimmasiga yuklatilsin. Bayonlashtiruvchi: Z.Jumanova Boyovut tuman 1-son kasb-hunar maktab axborot kutubxonasida 13-oktabr kuni “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo`naltirilgan” ishlar yuzasidan O`tkir Hoshimovning “Qalbinga quloq sol” kitob taqdimoti Download 118.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling