Bayonnomasi №25. 11. 2022 yil Boyovut tumani


Bayonlashtiruvchi: N.Suvonova


Download 118.73 Kb.
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi118.73 Kb.
#1529317
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
22-23 bayonnomalar

Bayonlashtiruvchi: N.Suvonova
Tasdiqlayman”
Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabi
direktori________G.Saitqulova

Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabi axborot kutubxonasida 15-sentabr kuni “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo`naltirilgan’’ ishlar yuzasidan o`tkazilgan Chinggiz Aytmatovning “Oq kema” kitobi taqdimoti




BAYONNOMASI №


15.09 2022 yil Mirishkor mahallasi



Raislik qiluvchi:
Ishtirok etganlar:

R.Jahongirova
Guliston Davlat Unversiteti filologiya fakulteti talabasi K. Allayorova, “Yosh kitobxon” to`garagi a’zolari







KUN TARTIBI:

1.Chingiz Aytmatovning hayoti va ijoddi haqida ma`lumot.


2. Guliston Davlat Unversiteti filologiya fakulteti talabasi K. Allayorova Chingiz Aytmatovning “Oq kema” kitobini taqdimot qiladi.

Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktab axborot kutubxonasida 15-sentabr kuni “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo`naltirilgan’’ ishlar yuzasidan o`tkazilgan. Chinggiz Aytmatovning “Oq kema” kitobi taqdimoti bo`lib o`tdi. Kutubxonachi R.Jahongirova Chinggiz Aytmatovning hayot va ijod yo`llari haqida, xususan, Ch.Aytmatov 1928-yil 12-dekabrda Qirg`iziston viloyatining Shakar qishlog`ida ziyoli oilada tavallud topganligini, onasi Naima opa tatar millatiga mansub o`qimishli zukko ayollardan ekanligini ta`kidlab o`tdilar. U kishi birinchi 1948-yilda Jambul zooveterinariya texnikumini,1953-yili Qirg`iziston Qishloq Xo`jaligi institutini tamomlab 1956-58-yillarda Moskvada yozuvchilar uyishmasi qoshidagi Oliy adabiyotchilar kursda tahsil olgan.Yozuvchining “Oq kema” nomli asari uchta qissadan iborat bolib, “Sohil bo`ylab chopayotgan olapar”, “Oq kema”, “Sarvqomat dilbarim” qissalaridan iborat.


Keyin so`z navbatini mehmonga berdi. Kitobni Guliston Davlat Unversiteti filologiya fakulteti talabasi Kamola Allayorova taqdimot qildilar. Oq kema asarning bosh qahramoni bola. U bobosi-Mo`min chaqqon, buvasi bilan birga yashaydi. Bola bir umr o`z ota-onasini izlab sog`inch bilan yashaydi. Oq kema ramziy ma’no bo`lib orzu, ishonch, e’tiqod va ulug`vorlik ramzi. Shoxdor ona bug`u - mehr-oqibat. Mo`min chol –qadim bobolari an’anasiga sodiq pok inson ramzi. Bola o`z ko`nglining podshosi bo`lib, Oq kemani barcha ezgulik sifatida, yaxshi ko`radi va borliqdagi jonsiz narsalar bilan do`st tutinadi. O`quvchilar asarni maroq ila tingladilar va tadbir songgida ozlari qiziqqan savollarga javob oldilar. Asar barchada yaxshi taassurot qoldirdi.


QAROR QILINDI:

      1. Chingiz Aytmatovning hayoti va ijoddi haqida berilgan ma`lumot inobatga olinsin.

2. “Oq kema” kitobi haqida o`tkazilgan taqdimot tafsilotlarini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish N.Suvonova zimmasiga yuklatilsin.


Download 118.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling