Bayonnomasi №25. 11. 2022 yil Boyovut tumani
Download 118.73 Kb.
|
22-23 bayonnomalar
BAYONNOMASI №
05.12. 2022 yil Boyovut tumani
KUN TARTIBI: 1. O`tkir Hoshimovning hayoti va ijoddi haqida ma`lumot. 2. “Qalbinga quloq sol ” kitob taqdimoti. Kun tartibidagi masala yuzasidan Boyovut tuman 1-son kasb-hunar maktab axborot kutubxonasida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo`naltirilgan” ishlar yuzasidan O`tkir Hoshimovning “Qalbinga quloq sol” kitob taqdimoti bo`lib o`tdi. Kitobni kutubxonachi R.Jahongirova taqdimot qildi. Ular dastlab o`quvchi yoshlarga O`tkir Hoshimovning hayoti va ijoddi haqida ma’lumot berdilar. O`tkir Hoshimov 1941 yilning 5 avgustida Тоshkent shahrida tug`ilgan. O`tkir Hoshimov Тоshkent Davlat Unversitetining filologiya fakulteti jurnalistika bo`limini tugatgan. Yozuvchining “Po`lat chavandoz” nomli ocherklardan iborat ilk kitobi 1962 yilda nashr etilgan. O`tkir Hoshimovning “Cho`l havosi” nomli ilk nasriy asari bir yil o`tib chop etildi. Uning shuningdek “Odamlar nima derkin”, “Shamol esaveradi”, “Qalbinga quloq sol”, “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari” kabi qissalari hamda “Nur borki, soya bor”, “Ikki eshik orasi” va “Tushda kechgan umrlar” romanlari nashr etilgan. O`tkir Hoshimovning “Toylar muborak”, “Hazon bo`lgan bahor” asarlari asosida badiiy filmlar suratga olingan. Yozuvchi o`zbek adabiyotiga qo`shgan hissasi uchun Hamza nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti hamda “Mehnat shuxrati” va “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlariga loyiq deb topilgan. O`tkir Hoshimov Ernest Hemenguey, Konstantin Simonov kabi adiblar asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan. “Ijodkor 80-yillar publistikasi rivojiga salmoqli hissa qo`shgan adiblardan biridir. Uning odob-axloq, ma’naviy olam, milliy qadriyatlar, sho`ro davri adolatsizliklarini dadil yoritgan ocherk va teleko`rsatuvlari bu davrning barkamol mevalaridir,” – deyiladi e-adabiyotuz веб sahifasida. O`tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari” qissasi uchun Oybek nomidagi hamda “Ikki eshik orasi” romani uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sozovor deb topilgan. O`zbekiston xalq yozuvchisi O`tkir Hoshimovning har bir asari kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilinadi. Shundan so`ng ular o`quvchi yoshlarga “Qalbinga quloq sol” qissasi haqida so`zlab berdilar. Adibning “Qalbinga quloq sol” qissasidagi Yodgor va Charosning quvonch-u iztiroblari o`quvchilarni befarq qoldirmadi . Yosh Dilfuzaning o`limi esa qalblarni larzaga soladi. Qo`lingizdagi kitobga kiritilgan ushbu qissa yozuvchining eng yaxshi asarlaridan biridir. Ushbu to`plamga yozuvchining “Uzun kechalar”, “Uloq” hikoyalari o`rin olgan. Oquvchilar qissani maroq ila tingladilar va tadbir so`nggida ozlari qiziqqan savollarga javob oldilar. Asar barchada yaxshi taassurot qoldirdi. QAROR QILINDI: 1. O`tkir Hoshimovning hayoti va ijoddi haqida berilgan ma`lumot inobatga olinsin. 2. “Qalbinga quloq sol” kitob haqida o`tkazilgan taqdimot tafsilotlarini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish N.Suvonova zimmasiga yuklatilsin. Bayonlashtiruvchi: Z.Jumanova Boyovut tuman 1-son kasb-hunar maktab axborot kutubxonasida 10-oktabr kuni “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo`naltirilgan” ishlar yuzasidan “Ustoz – otangdek ulug`” nomli davra suhbati
Download 118.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling