Bayonnomasi №25. 11. 2022 yil Boyovut tumani
Bayonlashtiruvchi: Z.Jumanova
Download 118.73 Kb.
|
22-23 bayonnomalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAYONNOMASI № 6. 10. 2022 yil
Bayonlashtiruvchi: Z.Jumanova
Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabi axborot kutubxonasida 6-oktabr kuni “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo`naltirilgan’’ ishlar yuzasidan o`tkazilgan Odil Yoqubovning “Ulug`bek xazinasi” kitobi taqdimoti BAYONNOMASI № 6. 10. 2022 yil Mirishkor mahallasi
KUN TARTIBI: 1. Odil Yoqubovning hayoti va ijoddi haqida ma’lumot. 2. “Ulug`bek xazinasi” kitob taqdimoti. Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktab axborot kutubxonasida 6-oktabr kuni “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo`naltirilgan’’ ishlar yuzasidan o`tkazilgan Odil Yoqubovning “Ulug`bek xazinasi” kitobi yuzasidan davra suxbati bo`lib o`tdi. Kitobni kutubxonachi R.Jahongirova taqdimot qildi. Ular dastlab o`quvchi yoshlarga Odil Yoqubovning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berdi. O`zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov 1926-yil Qizig`iston Respublikasining Chimket viloyati Turkiston tumanining Qarnoq qishlog`ida xizmatchi oilasida tug`ilgan.1944-yiloda o`rta maktabni tugatib, 1945-56-yillarda harbiy hizmatda bo`ldi. 1951-56-yillarda O`rta Osiyo davlat unverstetining filologiya fakultetida o`qidi. O.Yoqubovning birinchi yirik asari “Tengdoshlar qissasi” 1951-yilda bosilib chiqqan. 1956-yilda adibning ilk kitobi “Ikki muhabbat” nomi bilan chop etilgan. “Muxabbat” (1960), “Er boshiga ish tushsa” (1969) romani, “Billur qandillar” (1975) qissalari chop qilindi. Odil Yoqubovning “Qanot juft bo`ldi” qissasida shifokorlar, me’morlar, ishchilar hayoti tasviri bilan birga ijtimoiy va axloqiy muammolar ham o`rtaga tashlanadi. “Izlayman” qissasida 1945 yilgi yapon militarizmiga qarshi kurash voqealari aks etadi. U ma’lum ma’noda avtobiografik asar hamdir. Chunki mullifning o`zi o`sha voqealarning jonli guvohi bo`lgan. Uning “Adolat manzili” nomli romanida milliy mustaqillik yo`lidagi kurash hamda adolatning g`olib va qutlug` yo`li ulug`lanadi. Yozuvchi “Ulug`bek hazinasi” (1974) romanini yozgan. Romani da ulug` ajdodimiz, buyuk astronom olim Ulug`bek va uning o`g`li Abdulatif o`rtasidagi ziddiyatlarni ko`rsatib ezgulik va yovuzlik o`rtasidagi kurashni tasvirlagan. Romanda Ulug`bekning iste’dodli shogirdi mashxur olim Ali Qushchining ham ulug`vor obrazi yaratilgan. O`zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov “Ulug’bek hazinasi’’ romani uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan. 1994-yilda “Do`stlik” 1998-yilda esa “El –yurt hurmati’’ ordeni bilan mukofotlangan. Davra suxbati kitobxonlarda yaxshi ta’assurot qoldirdi. QAROR QILINDI: Odil Yoqubovning hayoti va ijoddi haqida berilgan ma`lumot inobatga olinsin. “Ulug`bek xazinasi” kitob haqida o`tkazilgan taqdimot tafsilotlarini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish N.Suvonova zimmasiga yuklatilsin. Download 118.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling