Bayonnomasi №25. 11. 2022 yil Boyovut tumani


Bayonlashtiruvchi: Z.Jumanova


Download 118.73 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi118.73 Kb.
#1529317
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
22-23 bayonnomalar

Bayonlashtiruvchi: Z.Jumanova

Boyovut tuman 1-son kasb-hunar maktab axborot kutubxonasida 14-dekabr kuni “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo`naltirilgan’’ ishlar yuzasidan o`tkazilgan Said Axmadning “Ufq” kitobi taqdimoti




BAYONNOMASI №


14. 12. 2022 yil Boyovut tumani



Raislik qiluvchi:
Ishtirok etganlar:

N.Usmonova
“Yosh kitobxon” to`garagi a’zolari







KUN TARTIBI:

1. Said Axmadning hayoti va ijodi haqida ma`lumot.


2. “Ufq ” kitob taqdimoti.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Boyovut tuman 1-son kasb-hunar maktab axborot kutubxonasida 14-dekabr kuni “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo`naltirilgan” ishlar yuzasidan o`tkazilgan tadbirda Said Axmadning “Ufq” kitobi taqdimoti bo`lib o`tdi. Kitobni kutubxonachi N.Usmonova taqdimot qildi. Ular dastlab o`quvchi yoshlarga Said Axmadning hayoti va ijoddi haqida ma’lumot berdilar. Said Axmad(Xusanxo`jayev) 1920-yil 10-iyunida Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi.1939 -yil o`rta maktabni tamomlab 1941- yil oliy o`quv yurtini tamomlagan. Said Axmad kichik xajviy asarlari bilan o`zbek radio va televideniyadagi miniatyuralar teatriga asos solgan bo`lib o`zinig bir qancha xajviy hikoyalari dan so`ng “Qadirdon dalalar”, “Hukm” qissalarini yaratdi. “Ufq” trilogiyasi 1964-yilda yozilgan bo`lib urushdan oldingi va keyingi davr muammolari xaqida baxs yuritadi. “Jimjitlik” romani 1988- yilda yozilgan bo`lib, romanda turg`unlik davri ilatlari fosh etiladi. Said Ahmad dramaturg sifatida ham tanilgan. U “Kelinlar qo`zg`aloni”, “Kuyov” kabi sahna asarlarining muallifidir.
Shundan so`ng ular o`quvchi yoshlarga “Ufq” trilogiyasini so`zlab berdilar. Asarda Ikromjon, Jannat, Azizxon, Dildora, Asrora kabi teran, xalqchil yorqin milliy obrazlar yaratilgan.Asar xx asr millat hayotining o`n ikki yillik davri – ikkinchi jahon urushi,urush va urushdan keyinggi yillar voqealarini o`z ichiga olishini takidlab o`tdilar.Trilogiyada o`sha yillari xalq boshiga tushgan musibatlar, odamlar ko`ksidagi armonlar Shu munosabatni yenggishga qodir misilsiz matonat va shijoatlar yozuvchi tomonidan zo`r ilhom bilan aks etganligini aytib o`tdilar. Асарда Ikromjon aka bilan Jannat xolaning o`g`illari Tursunboyning qo`rqoqligi sababli urushdan qochib kelganligi va odamlarning ko`ziga ko`rinmay to`qayzorda yashirinib yurganligi, onasi Jannat hola xar dardi ichida o`g`lini to`g`ri yo`lga sola olmaganligi haqida yozilgan. Jannat hola Ikrom akadan yashirincha o`g`liga ovqat tashiydi. U bir necha marotoba ovqat olib borganda o`g`lini topa olmaydi va tashlab ketgan ovqatini to`qaydagi itlar yeb qo`yadi och qolgan o`g`li ham holsizlanib kasal bo`lib issig`i tushmay qoladi o`g`lining ahvolini o`ylayverib juda ko`p siqilganidan Jannat hola ham kasal bo`lib qoladi, hayolini yo`qotib tildan qoladi, qo`li bilan faqat to`qayzorni ko`rsatib jon beradi. Tursunboy onasini ko`mishga olib ketishayotganini to`qayzor orasidan ko`rib turadi lekin onasini yo`qotganidan emas ko`proq och qolishidan aziyat chekadi. Bu orada otasi ham har tamonlama siqiladi va yuragini yozish uchun biror hayvonni ovlash maqsadida to`qayzorga boradi va shu yerda o`g`li Tursunboyni uchratib qoladi, farzandini sog`ingan ota uni faqat ko`zlaridan tanib qoladi, o`g`lini quchoqlab to`yib hidlaydi, dardini aytadi, urishib so`kadi bu yo`ldan qaytarmoqchi bo`ladi lekin o`g`li qochib ketadi. Ikrom aka bir nech kun hech kimga qo`shila olmay og`lining holiga achinib habar olish uchun to`qayzorga boradi va u yerda o`g`lining yotgan joyida hayotdan ko`z yumganligining guvohi bo`ladi. To`qayzorga o`g`lini dafn qiladi. Asarni kitobxonlar zo`r qiziqish bilan tinglashdi va o`zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Taqdimot barchada yaxshi ta’assurot qoldirdi.
QAROR QILINDI:
1. Said Axmadning hayoti va ijoddi haqida berilgan ma`lumot inobatga olinsin.
2. “Ufq” kitob haqida o`tkazilgan taqdimot tafsilotlarini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish Z.Jumanova zimmasiga yuklatilsin.


Download 118.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling