49
V – – – / V – – – / V – – – / V – – –
Ruknlarning nomlarini alohida yozib chiqsak
ham yuqoridagi manzaraga
hamohanglikni ko‗ramiz:
mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun
mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun
Chizma shaklida ruknlarni «/» belgisi bilan ajratyapmiz.
Vasl hodisasi
Ko‗plab g‗azallarning vaznini aniqlashda biz vasl hodisasiga duch kelamiz. Xo‗sh,
g‗azaldagi vasl nima?
«Vasl» arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «uchrashuv», «birlashuv» kabi
ma’nolarni anglatadi. G‗azal baytidagi bir so‗zning o‗zidan
keyin kelayotgan unli harf
bilan boshlangan so‗zga qo‗shib o‗qilishi vasl deyiladi. Buni
yaxshiroq tushunish uchun
bir baytni olib tahlil qilib ko‗raylik:
Tun oqshom bo‘ldi-yu, kelmas mening sham’i shabistonim,
Bu anduh o‘tidin har dam kuyar parvonadek jonim.
(
Alisher Navoiy)
Birinchi misradagi tun so‗zini biz qoida bo‗yicha cho‗ziq deb olamiz, shunda ikkala
misradagi qolgan so‗zlarning ham hijolarini aniqlasak, quyidagi manzara paydo bo‗ladi:
– – – – / V – – – / V – – – / V – – –
V – – – / V – – – / V – – – / V – – –
50
Bir qaraganda hazaji musammani solim vaznidagi she‘r. Lekin birinchi misradagi ilk
hijo nega cho‗ziq? U qisqa bo‗lishi kerak emasmi? Ha, bu hijo qisqa bo‗lishi kerak,
shuning uchun
tun so‗zini o‗zidan keyin kelayotgan
oqshom so‗ziga qo‗shib o‗qiymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: