Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
№ Bahr nomi
Rukn nomi Chizmadagi shakli 1 Ramal Foilotun – V – – 2 Hazaj Mafoiylun V – – – 3 Rajaz Mustafilun – – V – 4 Mutaqorib Fauvlun V – – Shu o‗rinda savol tug‗iladi: demak, rukn baytlarda takrorlanib keladigan ritmik bo‗lak ekan, bu qay tartibda amalga oshadi? Ya‘ni bir misrada yoki bir baytda nechta rukn keladi? Ular qanday nomlanadi? Bu haqda bilib olish uchun, keling, yana biror g‗azaldan bayt olib tahlil qilamiz: Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu, Masldurkim: «Charog‘ tubi qorong‘u». 47 Lutfiy qalamiga mansub ushbu baytdagi hijolarni cho‗ziq va qisqa hijolarga ajratsak ushbu manzarani ko‗ramiz: V – – – V – – – V – – V – – – V – – – V – – E‘tibor berilsa, hazaj bahri rukni V – – – (mafoiylun) birinchi misrada uchta, ikkinchi misrada ham uchta. Faqat har bir misradagi uchinchi rukn V – – (qisqa, cho‗ziq, cho‗ziq) shaklida bo‗lib, bu holatga keyinroq batafsil to‗xtalamiz. Hozir e‘tiborimizni baytdagi ruknlarning miqdoriga qaratamiz. Ikkala misradagi ruknlar soni oltitani tashkil etyapti. Arab tilida bu holat musaddas (oltilik) deyiladi. Yana bir baytni tahlil qilaylik: Murodingga yetay desang qalandar bo‘l, qalandar bo‘l, Sitam ahlin yutay desang qalandar bo‘l, qalandar bo‘l. (Mashrab) Bayt hijolarga ajratilganda hosil bo‗lgan chizma: V – – – V – – – V – – – V – – – V – – – V – – – V – – – V – – – Demak, baytdagi ruknlar soni sakkizta. Bu arab tilida musamman (sakkizlik) deyiladi. Rukn nomi esa mafoiylun ekaniga guvoh bo‗ldik. Ruknlar soni, shuningdek, bir baytda to‗rtta ham bo‗lishi mumkin. Bu murabba’ (to‘rtlik) deyiladi. Ruknlar sonini bilish bayt vaznini nomlashda muhim o‗rin tutadi. Shuningdek, biz shu o‗rinda ruknlarning bayt tarkibida qay holatda kelishini ham bilishimiz zarur. Chunki bu ham bayt vaznini aniqlashda va nomlashda juda muhim. Yuqorida Lutfiyning: Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu, 48 Masldurkim: «Charog‘ tubi qorong‘u», – baytini tahlil qilganimizda uchinchi rukn to‗liq mafoiylun (V – – – qisqa, cho‗ziq, cho‗ziq, cho‗ziq) emas, balki V – – (qisqa, cho‗ziq, cho‗ziq) shaklda ekanligiga guvoh bo‗ldik. Oxirgi hijo tashlab yuborilganligi uchun bu holatni mahzuf (oxiri tashlangan) deb ataymiz. Manzarani umumlashtirib quyidigicha xulosa qilish mumkin: 1) ruknlar hazaj bahriga tegishli; 2) ularning baytdagi soni oltita (musaddas); 3) hazajning rukni mafoiylun deb nomlanadi; 4) oxirgi hijo tashlab yuborilgan (mahzuf). Endi bayt vaznining nomi quyidagicha ekanligini ko‗rishimiz mumkin: hazaji Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling