Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- « lama’ot »
- Sulaymon, Masih, Yusuf
- Yusuf, Ya’qub.
- Yusuf, Zulayxo, Vomiq, Uzro, Farhod, Shirin, Layli, Majnun.
- Jamshid, Xizr
- Farhod, Besutun
Talmeh
Talmeh (arabcha «chaqmoq chaqishi», «nazar tashlash») san‘atida shoir she‘rda o‗tmishdagi biror tarixiy shaxs yoxud voqeaga ishora qiladi va uning yordamida fikr yo tasvir ta‘sirchanligiga erishadi. Talmeh arabcha «lama’ot» (chaqmoq chaqnashi) so‗zidan olingani bejiz bo‗lmay, qorong‗u kechada yashin chaqnaganda atrof yorishib, ilgari 64 ko‗rinmay turgan narsalar ko‗rinib ketganiday, biror mashhur shaxs yoxud voqeaga ishora aytilmoqchi bo‗lgan fikr yoki tasvirlanayotgan manzaraning aniqroq va jonliroq chiqishiga yordam beradi. Sulaymon saltanatlik podshosen, Masih anfoslik, Yusufliqosen. (Xorazmiy) Mazmuni: Sulaymon saltanatiga ega podshohsan, Iso Masih (tiriltiruvchi) nafaslisan, Yusuf yuzlisan. Talmeh: Sulaymon, Masih, Yusuf. Solib borma meni, ey Yusufi husn, Bukun Ya’qubtek baytul hazanda. (Atoyi) Mazmuni: Ey Yusuf husnli, meni Ya‘qub kabi g‗am uyiga solma. Talmeh: Yusuf, Ya’qub. Vahdat mayini piri mug‘on ilkidin ichtim, Mansur kibi boshimi dorga tuta qoldim. (Mashrab) Mazmuni: Vahdat (Haq bilan birlashish) mayini piri mug‗on (piri komil) qo‗lidan ichdim, Mansur Halloj kabi boshimni dorga tutdim. Talmeh: Mansur. Ya’qub bikin ko‘p yig‘idin qolmadi sensiz, Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma. (Lutfiy) 65 Mazmuni: Sensiz Ya‘qub kabi ko‗p yig‗laganimdan ko‗zimda nurim qolmadi, xoh ishon, xoh ishonma. Talmeh: Ya’qub. Yusuf ishqida bu ishlarni Zulayxo qilmadi, O‘tti Vomiq dahrdin yodini Uzro qilmadi, Motami Farhodni Shirin taqozo qilmadi, Layli hijronida Majnun men kabi yoqilmadi. (Nodirabegim. Muashshar) Mazmuni: Hatto Zulayxo ham Yusuf ishqida bu ishlarni qilmadi, Vomiq dunyodan o‗tdi, ammo Uzro uning yodini saqlamadi, Farhodning motamiga Shirin duchor bo‗lmagan, Laylining hijronida Majnun ham men kabi o‗tda yonmadi. Talmeh: Yusuf, Zulayxo, Vomiq, Uzro, Farhod, Shirin, Layli, Majnun. Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom, Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga. (Navoiy) Mazmuni: Jamshid jomi va Xizr suyi (obihayot) hamisha nasibamdir, ey soqiy, mol-dunyodan voz kechib senga gado bo‗ldim. Talmeh: Jamshid, Xizr Boshimg‘a yoqqan g‘am toshin mingdin biricha bo‘lmag‘ay, Gardun agar ming Besutun yog‘dursa Farhod ustina. (Ogahiy) Mazmuni: Taqdir agar Farhod boshidan mingta Besutun tog‗ini yog‗dirsa ham, mening boshimga yog‗gan g‗am toshining mingdan biricha bo‗lmaydi. 66 Talmeh: Farhod, Besutun Xoki taning barbod o‘lur oxir jahonda necha yil, Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina. (Ogahiy) Mazmuni: Sulaymon kabi shamol ustiga taxt qurib jahonni sayr etsang ham, oxir-oqibat xoki taning barbod bo‗ladi – zavol topadi. Talmeh: Sulaymon. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling