Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

tutishi.

Berur jonlarg‘a rohatlar, solur tanlarg‘a quvvatlar,
Mahaldur aysh-u ishratlar qilarg‘a ey sanam sahro.


71 
(Ogahiy) 
Mazmuni: 
Bahor ayyomida sahro sanami jonga rohat, tanga quvvat beradi.
Tashxis: bahor ayyomida sahro go‘zalligining jonli odam – sanamga mengzab 
ta’riflanishi.
 
Tanosib 
 
Tanosib (arabcha «mos», «mutanosib») – baytda ma‘no jihatidan bir-biriga yaqin 
tushunchalarni anglatuvchi so‗zlarni (uyadosh so‗zlarni) qo‗llash san‘ati.

Xating ishtiyoqin savod ayladim, 

Ko‘zumning qorasin midod ayladim.
(Nodira) 
 
Mazmuni: 
Xating ishtiyoqida savod chiqarib, ko‗zum qorasini siyoh (midod) qildim.
Tanosib: xat, savod, midod.

Anda bir shoh hokim-u voliy,
Mulki ma’mur-u himmati oliy.
(Navoiy) 
Mazmuni: 
Unda bir shoh hokimlik, ya‘ni voliylik qiladi, uning mulki obod va himmati oliydir.
Tanosib: shoh, hokim, voliy (hukmdor), mulk va ma’mur.  

Maylni qo‘yki, vola-u zor ul,
Jon berib vasliga xaridor ul.


72 
(Navoiy) 
Mazmuni: 
Uning sevgisini mayl dema, yorining vasliga jon berib, xaridor ul.
Tanosib: mayl, vola, zor, vasl, xaridor.

Olma yanoqing ko‘rgach men bandi nechuk o‘lmay? 
Bodom ko‘zi fitna, pista dahani nozuk.
(Lutfiy) 
Mazmuni: 
Olmadek yanog‗ingni ko‗rgach men nega senga bandi bo‗lmay? Bodomdek ko‗zing 
fitna soladi, pista dahaning esa nozikdir.
Tanosib: olma, bodom, pista.  

Zulfung cheriki jamol mulkin 
Oldi ko‘zung ittifoqi birla.
(Atoyi) 
Mazmuni: 
Zulfing qo‗shini jamol mulkini ko‗zing bilan ittifoq tuzib egallab oldi.
Tanosib: cherik, mulk, olmoq.

Zohid, senga hur-u menga jonona kerak,
Jannat senga bo‘lsun, menga mayxona kerak.
Mayxona aro soqi-yu paymona kerak,
Paymona necha bo‘lsa to‘la, yona kerak.
(Alisher Navoiy) 
Mazmuni: 


73 
Zohid, senga jannatdagi hur kerak, menga jonona (Haq) kerak. Jannat senga bo‗lsin, 
menga mayxona (Haqni sevganlar tarbiya topuvchi maskan) kerak. Menga mayxonadagi 
soqiy (Haqni sevgan solikni tarbiyalovchi ustoz) va soqiy tutuvchi paymona (qadah – ishq 
ta‘limi) kerak. Paymona qancha to‗la bo‗lsa, yana shuncha kerak.
Tanosib: zohid, hur, jannat, mayxona, soqiy, paymona.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling