Dilnavoz Yusupova


baytda qandning shirinlikni yorning labidan o‘g‘irlagani uchun el uni qog‘ozdan


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

baytda qandning shirinlikni yorning labidan o‘g‘irlagani uchun el uni qog‘ozdan 
ajratib suvga solishini shu hodisa bilan dalillayapti.

Sendin bu qadar qoldi yiroq, o‘lmadi Bobur,
Ma’zur tut, ey yorki, taqsir qilibtur. 
(Bobur)
Mazmuni: 
Ey yor, Bobur sendan shu qadar uzoqda yashab ham o‗lmadi. Holbuki, u sensiz 
allaqachon halok bo‗lishi kerak edi. Sen uning bu qusur (taqsir)ini kechir.
Husni ta‘lil: shoir yordan uzr so‘rash sababiga chiroyli bir dalil keltirmoqda 


75 
(sensiz o‘lish kerak edi, o‘lmadim, kechir).

Nayza bo‘lub tuzlugidin sarbaland,
Chirmosh uchun bandg‘a qolib kamand.
(Navoiy) 
Mazmuni: Nayza to‗g‗ri bo‗lganidan doim boshi yuqori; arqon esa chirmash bo‗lgani 
uchun bog‗lashga ishlatiladi.
Husni ta‘lil: nayzaning sarbalandligi to‘g‘riligi tufaylidir, arqonning bog‘lash 
uchun ishlatilishiga uning egriligi sabab bo‘ldi.

Ey shoh, karam aylar chog‘i teng tut yamon-u yaxshini 
Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina.
(Ogahiy) 
Mazmuni: ey shoh, karam qiladigan payting yaxshi va yomonni teng tut, chunki 
quyosh nuri vayron-u obod ustiga teng tushadi.
Husni ta‘lil: tabiat hodisasidan keltirilgan chiroyli dalil esa «husni ta’lil» 
san’atiga ajoyib namuna. Ayni paytda, adolat hamma narsadan ustundir. U hamma 
narsaning tosh-u tarozusi, bag‘rikenglik, karam orif odamlar fazilatidir, sen ham 
undan uzoq bo‘lma degan fikr ham aytilmoqda.
 
Iyhom 
Iyhom (arabcha «shubhaga solish», «adashtirish») – she‘rda ikki ma‘noli so‗zni 
qo‗llash. Bu ma‘nolardan biri aniq sezilsa ham, ikkinchi ma‘no payqalmasligi mumkin. 
Iyhom va tajnisning farqi shundaki, iyhomni faqat bir so‗z hosil qiladi, tajnisda esa bir xil 
shaklli bir necha so‗z ishtirok etadi.

Falak do‘stlik qilmadi, dushmanim MUZAFFAR bo‘ldi. 
(Mo‘min Mirzo) 


76 
Iyhom: bu o‘rinda Mo‘min Mirzo g‘animi g‘olib bo‘lganligini aytish barobarida 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling