88
Men bog‗-u bo‗ston kabi go‗zal yuzning mushtoqiman, usiz
menga nastarin ham, lola
ham, arg‗uvon ham kerak emas.
Tasdir:
«men» so‘zining birinchi misra boshi va ikkinchi misra oxirida kelishi.
O‘t agar itsa jahondin, ohim o‘lsa g‘am emas,
Yetkuray bir damda yuz avvalg‘i o‘t miqdori o‘t.
(
Navoiy)
Mazmuni:
Agar dunyoda olov yo‗qolib qolsa, ohim bor ekan, g‗am yo‗q, agar oh cheksam, bir
lahzada avvalgi o‗tdan yuz bor kuchli o‗t paydo bo‗ladi.
Tasdir:
o‘t so‘zining birinchi misra boshi va ikkinchi misra oxirida kelishi.
Tasbe’ yoki raddul aruz ilal ibtido
Tasbe’ yoki
raddul aruz ilal ibtido (arabcha «
aruzning ibtidoda takrorlanishi») –
birinchi misrani tugatgan so‗zning ikkinchi misra boshida kelishi.
Furqatingdin za’faron uzra to‘karmen lolalar,
Lolalar ermaski, bag‘rimdin erur pargolalar.
(
Navoiy)
Mazmuni:
Furqatingdan, ya‘ni sening ayrilig‗ingdan za‘faron – sariq yuzim uzra ko‗zimdan qon
– lolalar to‗kaman, lolalar emas, bag‗rimning parchalarini to‗kaman.
Tasbe‘:
lolalar so‘zining birinchi misra oxiri va ikkinchi misra boshida kelishi.
Kuchum yetguncha ko‘p qildim vafolar,
Vafoli qulni asrar podsholar.
(
Xorazmiy)
89
Mazmuni:
Kuchim yetgunicha vafo qildim, vafoli qullarini podsholar asraydi.
Tasbe‘:
vafo so‘zining birinchi misra oxiri va ikkinchi misra boshida kelishi.
Do'stlaringiz bilan baham: