Dilnavoz Yusupova


gulday nafis, chiroyli va qizil, yorning qomati va yuzi – shamshodga chirmashgan


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

gulday nafis, chiroyli va qizil, yorning qomati va yuzi – shamshodga chirmashgan 
gulday ko‘rinadi. Daraxtga chirmashib o‘sgan gul daraxtning eng tepasida ochilgani 


81 
kabi qizning yuzi ham uning qomatini ochadi.
 
Mubolag‘a 
Mubolag‘a (kattalashtirish, kuchaytirish) adabiy asarda tasvirlanayotgan badiiy 
timsol harakati yoki holatini bo‗rttirib, kuchaytirib ifodalash san‘atidir. U g‗arb 
adabiyotida giperbola deb ham yuritiladi. Mubolag‗aning 3 xil darajasi bor: 
1) 
tablig‘ – aqlan ishonish mumkin bo‗lgan, hayotda ham yuz berishi 
mumkin bo‗lgan mubolag‗a:

Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro‘ kelmadi, 
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
(Alisher Navoiy) 
2) 
ig‘roq – aqlan ishonish mumkin bo‗lsa ham hayotda yuz bermaydigan 
mubolag‗a: 

Ko‘tardi orqasiga bodponi, 
Nechukkim bodpo, ul dilraboni.
Chu ikki-uch yig‘och gom urdi shaydo, 
Bo‘lib ollinda qasr-u havz paydo.
(Alisher Navoiy)  
3) 
g‘uluv – aql ham bovar qilmaydigan, hayotda ham yuz berishi mumkin 
bo‗lmagan mubolag‗a: 

Har qizil gulkim, yuzing shavqida olib isladim, 
Yetgach ohim shu’lasi oni sarig‘ gul ayladim.
Shuningdek, adabiyotda mubolag‗aning ifrot va tafrit turlari ham uchraydi.
Ifrot – behad orttirilgan, kuchaytirilgan mubolag‗a.


82 

Tikilsam, quriydi daryoning gumi, 
Na’ra tortsam, qular qo‘rg‘onning timi.
Alpomish»)
Tafrit – ifrotning aksi bo‗lib, tasvir obyektini o‗ta kichraytirib ifodalashni nazarda 
tutadi, litota deb ham yuritiladi.

Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gisuyi, 
O‘z haddini bilib belidin o‘lturur quyi. 
 

(Lutfiy) 
 

Bo‘yung sarv-u sanubardek, beling qil, 
Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil.
(Xorazmiy) 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling