Dilnavoz Yusupova


uning ismi Muzaffar ekanligiga ham ishora qilyapti


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

uning ismi Muzaffar ekanligiga ham ishora qilyapti.

Sendek saname ko‘rmadi Lutfiy Chig‘atoyda,
Chin so‘yla, Xito xo‘blarig‘a ne bo‘lursan? 
(Lutfiy) 
Mazmuni: sendek sanamni Lutfiy Chig‗atoyda ko‗rmadi. Rostini ayt, Xitoy 
go‗zallariga kim bo‗lasan? 
Iyhom: «Chin so‘yla, Xito xo‘blariga kim bo‘lasan?» tarzida ikkinchi misra 
ma’nosini Chin va Xitoy go‘zallariga kim bo‘lasan ma’nosida tushunish mumkin.

Ulus ichinda turur O‘Z BEGIM qiyo ko‘zluk, 
Xayoli TO‘XTAMISH andin ko‘ngil SAROYinda.
(Lutfiy) 
Mazmuni: 
1-ma‘nosi: xalq ichida mening o‗z begim (yorim) qiyiq ko‗zi bilan alohida ajralib 
turadi, men uni o‗ylaganimda ko‗ngil saroyida uning xayoli to‗xtagan.
2-ma‘nosi: To‗xtamishxon o‗zbek xalqi bilan urushgan paytida Oltin O‗rdaning 
Saroy shahrida to‗xtadi.
Iyhom: o‘zbegim, To‘xtamish, Saroy so‘zlari orqali shoir millat nomi, hukmdor 
nomi va Oltin O‘rda davlati poytaxti sanalmish shahar nomiga ham ishora qilyapti.

Labing bag‘rimni qon qildi, ko‘zumdin qon ravon qildi,
Nechun holim yamon qildi, men andin bir so‘rorim bor.
(Bobur) 
Mazmuni: 
1-ma‘nosi: labing bag‗rimni qon qildi, ko‗zimdan qon oqizdi, shu labingdan nima 
uchun holimni yomon qilganligini so‗rashim kerak.


77 
2-ma‘nosi: labing meni qiynagani uchun undan bo‗sa olishim kerak.
Tajohuli orif
Tajohuli orif (arabcha «bilib bilmaslikka olish») san‘ati orqali shoir o‗zi 
tasvirlayotgan holatni so‗roq ostiga olish bilan ifodani kuchaytiradi. Tajohuli orifda savol 
javobni talab qilmaydi, ya‘ni mazmunan ritorik so‗roqqa yaqin turadi.

Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu? 
Og‘iz yo g‘unchayi xandonmidur bu?
(Atoyi) 
Mazmuni: 
Bu yorimning yuzimi yoki jannatdagi bog‗mi? Bu og‗izmi yoki xandon otayotgan 
g‗unchami? 

Xo‘blarda seningdek bir mahbub qani nozuk? 
Boshdin oyog‘i zebo, bel-u badani nozuk.
(Lutfiy) 
Mazmuni: 
Go‗zallar ichida sendek boshdan oyog‗igacha zebo, bel-u badani nozik mahbub 
bormi?

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling