Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Tavzi’
Tavzi’ (ulashish, tarqatish) baytdagi biror tovushni bir necha marta takrorlash 
natijasida ifoda ta‘sirini kuchaytirishdir.

Sochilgan sochingday sochilsa siring.
(Cho‘lpon) 
Takrir 
Takrir (takrorlash) biror so‗zning o‗rniga qarab takrorlanib kelishi natijasida tasvirni 
kuchaytirish ko‗zda tutiladigan san‘atdir. So‗zni takrorlashdan maqsad o‗sha so‗zning 
ma‘nosini, tub mohiyatini ta‘kidlash, unga o‗quvchi diqqatini tortishdir.

«Layli, Layli!» – debon chekib un,
El deb: «Majnundir, ushbu Majnun».
Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» dostonidan keltirilgan ushbu baytda «Layli 
va Majnun» so‘zlari ikki marta takrorlangan. Birinchi so‗zning takrori Majnunning 
oshiqligini ta‘kid etsa, ikkinchi so‗zda el nazdida ishq yodidagi Majnunning haqiqatda 
majnunligi ta‘kidlanyapti.

Man ayturman: «Ko‘ngul uzgil!» Bu ko‘nglum ko‘ngul uzmaydur,
Ko‘ngul ayturki: «Ey nodon, ko‘ngul uzsam, uzilgaymu?!» 
(Mashrab) 


90 
Mulamma’ 
Mulamma’ (arabcha «yarqiroq, yarqiratilgan») she‘rni atayin ikki yoki undan 
ortiqroq til so‗zlari asosida yaratish san‘atidir. Ba‘zida u talmi‘ deb ham yuritilgan. Ikki 
tilda yozilgan mulamma‘ «shir-u shakar», uch tilda ifodalangan mulamma‘ «shahd-u 
shakar» deb yuritilgan.
Xiroming ajib-u jamoling bade’,
Kaloming balig‘-u maqoming rafe’.
Uzoringga bermish xating jo‘shish
Tarovat, chu rayhon fasli rabe’...
Sidqiy Xondayliqiyga mansub ushbu g‗azalda «bade’, rafe’, rabe’» kabi so‗zlarning 
arab tilidan olingani mulamma‘ qofiya turini yaratganini ko‗ramiz.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling