92
Tazmin (arabcha «
bir narsani ikkinchi bir narsa orasiga qo‘ymoq»)da san‘atkor
yaratilayotgan asariga boshqa biror shoirning kuchli ta‘sir qilgan
misra yoki misralarini
o‗zgartirishsiz kiritadi; faqat buning sharti bor: yaratilayotgan asardagi bosh g‗oyaga mos
bo‗lishi, uning mohiyatini chuqurroq va ta‘sirchanroq ochishi lozim.
Jumladan, Mashrab
o‗zining:
Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.
G‘am shomi firoqingda kabob etti falakni
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma –
tarzida boshlanuvchi g‗azalida Lutfiyning mashhur:
Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma –
baytini aynan keltiradi.
Zulfiya ham «O‗rik gullaganda» she‘rida:
«Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi...»
Gulni ko‘rib ishqparast qalbim
Ming aytilgan darddan kuyladi –
deb
yozar ekan, sevimli yori Hamid Olimjonning shu nomdagi she‘rining
birinchi ikki
misrasini aynan keltiradi. Bu ham tazmin san‘atiga misol bo‗la oladi.
Tadrij
93
Tadrij (arabcha «
ketma-ket, peshma-pesh») san‘atida
tasvirga olingan obyekt
darajama-daraja
rivojlantirib boriladi; bu rivojlanish jarayoni o‗xshatish
vositasi bilan
ketma-ket o‗sib boradi. Alisher Navoiyning:
Yordin ayru ko‘ngul mulkedurur sultoni yo‘q,
Mulkkim sultoni yo‘q, jismedururkim joni yo‘q –
bayti tadrij san‘atining yorqin namunasi bo‗la oladi.
Hamid Olimjonning:
Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam,
Labing yaprog‘idan tomgan ki go‘yo qatra bol bo‘lsam? –
matla‘li g‗azali ham tadrijga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: