Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1. Mumtoz she’riy janrlar
- Baytli she’r shakllari FARD
- «Musulmon – musulmonga ko‘zgu»
5. LIRIK TUR JANRLARI
Lirika so‗zi yunon tilidan olingan bo‗lib, kelib chiqishi lira musiqa asbobi bilan bog‗liq. Badiiy adabiyotda «lirika», «lirizm» tushunchalari umumiy ma‘no jihatidan 95 adabiy asarlarda inson hissiyotining yorqin tasvirlariga nisbatan ishlatiladi. Tor ma‘noda esa lirikani she‘riy janrdagi asarlarga nisbatan qo‗llaymiz. She‘r muayyan shaklga ega bo‗lgan – qofiyalangan, ohang bilan o‗qiladigan, insoniy tuyg‗ularni ta‘sirchan tarzda o‗zida aks ettirgan va ularni yetkazib berish qudratiga ega adabiy asar hisoblanadi. She‘r qadimiy tarixga ega. Qadimgi yunon adabiyotida she‘rlar qofiyasiz bo‗lib, faqat vaznga ega edi. Ularning ohangi qofiyaning yo‗qligini bildirmagan. Musulmon Sharqi adabiyotida, xususan, arabiy, forsiy va turkiy adabiyotda she‘riyat yuksak darajada rivojlanib, she‘riy janrlar mezonlari, talablari, qonun-qoidalari mukammal shaklda ishlab chiqildi. G‗arbda – Yevropa adabiyotida she‘riyat qonuniyatlari garchi musulmon Sharqidagi kabi mukammal ishlanmagan bo‗lsa-da, o‗zining muayyan mezonlariga ega. Keyingi mavzularda turkiy she‘riyatda qo‗llangan mumtoz she‘riy shakllar, she‘riy san‘atlar, aruz vazni va Yevropa adabiyotiga xos ballada, sonet kabi she‘riy janrlar haqida so‗z yuritamiz. 5.1. Mumtoz she’riy janrlar Musulmon Sharqi mumtoz adabiyotida she‘riy shakllar asrlar mobaynida sayqallanib, ishlanib, muayyan qat‘iy qoliplarga solingan. Ular tarkibiy tuzilishiga ko‗ra baytli va bandli she‘r shakllariga ajratiladi. Baytli she‘r shakllarining asosini bayt (arabcha «uy») tashkil qiladi. Ularga quyidagi janrlarni kiritish mumkin: fard, muammo, ruboiy, tuyuq, g‗azal, qit‘a, mustazod, qasida, lug‗z (chiston), ta‘rix va boshqalar. Baytli she’r shakllari FARD (arabcha, «yakka», «yolg‘iz») bir baytdangina iborat eng kichik mustaqil she‘r shakli hisoblanadi. Fardlar, odatda, turli munosabat bilan yo‗l-yo‗lakay aytilgan she‘rlar bo‗lib, ko‗pligi mufradot (fardlar) deyiladi. Fard a-a yoki a-b tarzida qofiyalanadi. Fard bir baytdangina iborat bo‗lsa-da, unda muhim falsafiy-axloqiy masala qalamga olinib, 96 ixcham poetik xulosa ifodalanadi. Shu ma‘noda fardlar ko‗pincha aforizm xarakteriga ega bo‗ladi: G‘ofil o‘lma, nazardin itsa adu, Sham’ o‘churganda, yel ko‘rinurmu?.. (Navoiy) Bormi ekin hech nima olamda hijrondin yamon, Har nekim ondin yamonroqdur, budur ondin yamon. (Bobur) Alisher Navoiyning «Xazoyin ul-maoniy»sida 86 ta fard mavjud bo‗lib, 83 tasi qofiyali, uchtasi esa qofiyasizdir. Fardlarning barchasi «Favoyid ul-kibar» devoniga kiritilgan. Turkiy adabiyotda fardning ilk namunasi Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asarida uchraydi. Navoiyning fardlarida muayyan hayotiy vaziyatlarda qo‗l keladigan xulosalar o‗ziga xos va ta‘sirli ifodalangan: Kishi aybing desa, dam urmag‘ilkim, ul erur ko‘zgu, Chu ko‘zgu tiyra bo‘ldi, o‘zga aybing zohir aylarmu? Fardda payg‗ambarimizning: «Musulmon – musulmonga ko‘zgu», – degan hadislari shoir tomonidan o‗ziga xos tarzda badiiy shaklga solingan. Asl odamlik, odamiylik nimada degan savolga ulug‗ shoirning javobi: Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo‘q, Futuvvat barcha qilmoqdir, demak yo‘q. 97 Demak, muruvvatli odam borini birovlarga beradi, o‗zi yemaydi, jo‗mard, mard, ya‘ni futuvvatli odam esa ko‗p ish qiladi, lekin qilgan ishi haqida hech kimga bir og‗iz ham gapirmaydi. Navoiy quyidagi fardida o‗zining siniqligi – bechoraligini shu darajada tasvirlaydiki, siniqligini anglash uchun o‗shanchalik bechoralikni ko‗rish kerakligi anglashiladi: Men – sinuq, ko‘nglim – sinuq, sabrim uyi xud yerga past, Bilmagay holim shikastin, ko‘rmagan muncha shikast. Shoir fardlarida o‗zining ko‗nglini o‗rtagan, tuyg‗ulariga ta‘sir etgan holatlar mutoyibali yo‗sinda tasvirlangan o‗rinlar ham bor: Ul parikim, ani demishman yor, Odamiylig‘din o‘zga barchasi bor. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling