Dilnavoz Yusupova
Ruboiylar falsafiy, axloqiy, diniy va ishqiy
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
Ruboiylar falsafiy, axloqiy, diniy va ishqiy mavzularda yozilgan.
Ruboiyning 2 xil turi bor: 1) xosiy ruboiy yoki ruboiyi xosa (qofiyalanishi: a-a, b-a): Sen borg‘ali ortmish ko‘ngul zorlig‘i, Oh o‘qlaridin har nafas afgorlig‘i. Bilman unutulg‘anmu ekandur manga hajr Yo ko‘prak erur bu qatla dushvorlig‘i. 2) taronayi ruboiy yoki ruboiya (qofiyalanishi: a-a, a-a): Ollimda tabibi chorasozim ham yo‘q, Yonimda rafiqi dilnavozim ham yo‘q. Tegramda anisi jongudozim ham yo‘q, Boshimda shahi bandanavozim ham yo‘q. Ruboiy muayyan kompozitsiyaga ega. Mumtoz ruboiy talablariga ko‗ra, unda to‗rt unsur mavjud bo‗ladi. Mazkur unsurlar to‗rt misrada aytilmoqchi bo‗lgan falsafiy, axloqiy yoki didaktik fikrning ma‘lum bir yaxlitlikka erishishini ta‘minlaydi. Shu ma‘noda to‗rt misrani quyidagi unsurlarga taqsimlash mumkin: 100 1) tezis – unda ruboiyda aytilmoqchi bo‗lgan fikr, boshqacha aytganda, ruboiy mavzusi bayon qilingan bo‗ladi; 2) antitezis – bunda birinchi misraga qarama-qarshi fikr aytiladi; 3) moddayi ruboiy – to‗rtinchi misrada aytilmoqchi bo‗lgan fikr uchun ko‗prik vazifasini o‗taydi; 4) sintez – xulosa. Lekin bu unsurlarning doimiy mavjud bo‗lish talabi nisbiydir, ko‗pincha tezis va antitezisning o‗rniga faqat moddayi ruboiy va sintezning qo‗llanilganini kuzatish mumkin. Yuqorida keltirilgan ruboiyda ham oshiq kechinmalari, asosan, moddayi ruboiy tarzida berilgan. Ruboiy o‗ziga xos maxsus vaznda yoziladi. Bu hazaj bahrining axrab va axram shajarasidir. Bu haqda Navoiy «Mezon ul-avzon» asarida shunday yozadi: «Ruboiy vaznikim, oni «dubaytiy» va «tarona» ham derlar, hazaj bahrining «axram» va «axrab»idin istixroj qilibdurlar va ul vaznedur asru xushoyanda va vaznedur bag‘oyat raboyanda». Hazaj bahrining axrab shajarasi 12 vaznni, axram shajarasi yana 12 vaznni o‗z ichiga oladi va ushbu jami 24 vazn ruboiy vaznlari hisoblanadi. Fors-tojik adabiyotida ruboiy janrida Umar Xayyom, Mirzo Abdulqodir Bedil shuhrat qozongan. O‗zbek she‘riyatida esa Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur ruboiylari juda mashhur bo‗ldi. Hozirgi zamon o‗zbek adabiyotida ham ruboiy yozish an‘anasi davom etadi. Masalan, M.Shayxzoda, A.Oripovning ruboiylari bor. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling