103
Tajnissiz tuyuqqa Boburdan misol keltiramiz:
Yo‘qturur nozingdin ozore manga,
Noz agar qilsang manga matlubdur.
Xoh ko‘rsat lutf-u xohi javr qil,
Har ne voqe’ bo‘lsa sendin xo‘bdur.
Ramali musaddasi maqsur (
foilotun foilotun foilon, foilotun foilotun foilon)da
yozilgan. Qit‘adek (
a-v-b-v) qofiyalangan.
Binobarin, faqat vazni tufayli tuyuq bo‗lib
turibdi.
Tuyuq, asosan, ruboiy singari qofiyalansa-da, lekin ba‘zan
ba, va tarzida ham
qofiyalanishi mumkin. Navoiyning «Xazoyin ul-maoniy» kulliyotida jami 13 tuyuq
mavjud bo‗lib, 11 tasi
a-a-b-a, 2 tasi
b-a-v-a tarzida qofiyalangan.
Barcha tuyuqlar
«Badoye‘ ul-vasat» devoniga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: