Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

 
G‘AZAL arabcha «oshiqona so‘z», «ishq izhor qilish», «ayollarga xushomad» 
ma‘nolarini bildirib, a-a, b-a, s-a, d-a… tarzida qofiyalanuvchi she‘r shaklidir.
G‗azalning dastlabki namunalari VIII – IX asrlarda arab adabiyotida paydo bo‗lgan, 
fors-tojik adabiyotida ilk g‗azal yozgan shoir sifatida Ro‘dakiy tilga olinadi. O‗zbek 
adabiyotida esa dastlabki g‗azal Rabg‗uziyning «Qisasi Rabg‗uziy» asarida (XIV asr) 
uchraydi. 
G‗azalning dostonlar tarkibida uchrashi ilk bor Xorazmiyning 
«Muhabbatnoma»sidan (1353 – 1354) boshlanadi.
Alisher Navoiy o‗zining qit‘alaridan birida g‗azaldagi ustozlari sifatida fors-tojik 
shoirlari Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Hofiz Sheroziyni keltirib o‗tadi.
G‗azal baytlardan tashkil topadi. Bayt arabcha «uy» deganidir. Bayt ikki misradan 
iborat bo‗ladi. G‗azalning birinchi bayti matla’ (arabcha «boshlanma»), oxirgi bayt 
maqta’ (arabcha «tugallanma») deyiladi. G‗azal o‗ziga xos qofiyalanish tartibiga ega. 
Birinchi bayt – matla‘dagi misralar bir-biri bilan o‗zaro qofiyalangan bo‗ladi (shartli 
ravishda a-a deb belgilanadi). Qolgan baytlarning toq misralari ochiq qolib, juft misralari 
matla‘ga qofiyadosh bo‗lib keladi (v-a, d-a, e-a... ). An‘anaga ko‗ra, maqta‘da shoirning 


104 
taxallusi keltirilgan. Ilmiy adabiyotlarda g‗azalning hajmi 3 baytdan 19 baytgacha bo‗lishi 
qayd etiladi.
O‗zbek adabiyotida 5 – 10 baytli g‗azallar ko‗p uchraydi. Navoiy g‗azallari esa, 
asosan, 7 baytdan 13 baytgacha hajmda bo‗lib, bu haqda shoirning o‗zi «Badoye‘ ul-
vasat» devoniga kiritilgan qit‘asida shunday ma‘lumot beradi: 
Navoiy she’ri to‘qquz bayt-u o‘n bir bayt, o‘n uch bayt 
Ki, lavh uzra qalam ziynat berur ul durri maknundin.
Bukim, albatta, yetti baytdin o‘ksuk emas, ya’ni 
Tanazzul aylay olmas rutba ichra yetti gardundin.
G‗azalning birinchi bayti matla’ yoki mabda’, oxirgi bayti esa maqta’ deb ataladi va 
maqta‘da shoir taxallusi qo‗llaniladi. Agar ikkinchi bayt ham matla‘ singari qofiyalansa
ya‘ni g‗azal qo‗sh matla‘ga ega bo‗lsa, «husni matla’» yoki «zebi matla’»li g‗azal deb 
ataladi.
QIT’A (arabcha, «parcha»«bo‘lak»«qism») 2 baytdan bir necha baytgacha hajmda 
bo‗lgan, faqat juft misralari qofiyalanadigan (b-a , v-a, g-a…) baytli she‘r shakli 
hisoblanadi. Turkiy adabiyotda qit’aning ilk namunalari Nosiruddin Rabg‘uziyning 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling