Dilnavoz Yusupova
«Qisasi Rabg‘uziy» asarida uchraydi
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
«Qisasi Rabg‘uziy» asarida uchraydi.
7 Qit‘a, asosan, falsafiy, ijtimoiy va axloq-odob bilan bog‗liq mavzularda yaratilgan. Shuningdek, qit‘a nasriy asarlarda ma‘lum bir masala haqidagi fikr-mulohazalarga yakun sifatida «qissadan hissa» tarzida keltirilgan. MUSTAZOD arabcha «orttirilgan», «ziyoda qilingan» ma‘nolarini bildirib, har misrasi 1,5 qatordan iborat she‘r shaklidir. Mustazod uchun g‗azal asos – zamin vazifasini o‗taydi. Ikkala janrning qofiyalanish tizimi, baytlar soni, matla‘ va maqta‘, taxallusning mavjudligi bu fikrni isbotlaydi. Lekin g‗azal aruz tizimining barcha bahrlarida yaratilgani 7 Adabiyotshunoslikda turkiy adabiyotdagi ilk qit‘a Xorazmiy «Muhabbatnoma»sida uchraydi degan qarash bor. «Qisasi Rabg‗uziy»dagi she‘riy parchalarning janr xususiyatlarini o‗rganish natijalari asarda qit‘a janriga mos keluvchi she‘r mavjudligini ko‗rsatdi. 105 holda, mustazod faqat hazaj bahrining hazaji musammani axrabi makfufi mahzufi mustazod (ruknlari va taqti‘i: maf’ulu mafoiylu mafoiylu fauvlun maf’ulu fauvlun – – V / V – – V / V – – V / V – – / – – V / V – – ) vaznida yoziladi. Turkiy adabiyotda Alisher Navoiygacha mustazod janri Hofiz Xorazmiy ijodida uchraydi. Uning devonida har biri 7 baytdan iborat ikkita mustazod mavjud. Alisher Navoiy «Mezon ul-avzon» asarida mustazod janriga alohida ta‘rif berib, uning ohangi surud nag‗amoti (kuy ohangi)ga mos kelishini aytadi: «... xalq orasida bir surud bor ekandurkim, hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf vaznida anga bayt boshlab bitib, aning misraidin so‘ngra hamul bahrning ikki rukni bila ado qilib, surud nag‘amotig‘a rost keltururlar ermish va ani «mustazod» derlar ermish...» Navoiyning o‗z davrida nihoyatda mashhur bo‗lgan mustazodlaridan biri «Navodir ush-shabob» devoniga kiritilgan bo‗lib, shunday boshlanadi: Din ofati bir mug‘bachai moh-yu liqodur, mayxora-vu bebok Kim, ishqidin oning vatanim dayri fanodur sarmast-u yaqom chok. Ham turrasining dudu vara’ beliga zunnor, men kofiri ishqi Ham yuzi majus o‘ti kibi shu’lafizodur, men o‘rtanibon pok... QASIDA arabcha «maqsad», «niyat» ma‘nolarini bildirib, biror tarixiy shaxs yoki voqeaga bag‗ishlab yoziladigan katta hajmli she‘r turi hisoblanadi. Qasidalar hajman 12 baytdan bir necha yuz baytgacha bo‗lishi mumkin. Qasida g‗azal singari a-a, b-a, s-a, d-a… tarzida qofiyalanadi. Ayrim hollarda masnaviy singari qofiyalanishi ham mumkin. Qasida tuzilishiga ko‗ra 2 xil bo‗ladi: Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling