Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- TARJI’BAND
Bandli she’riy janrlar
MASNAVIY arabcha «ikkilik» ma‘nosini bildirib, har bandi ikki misradan tarkib topuvchi va a-a, b-b, v-v… tarzida qofiyalanuvchi she‘r turidir. Navoiy o‗zining «Sab‘ayi sayyor» dostonida mazkur janrni alohida tavsiflab, uni «vase‘» – keng maydon deb ataydi: 108 Masnaviykim, burun dedim oni, So‘zda keldi vase’ maydoni. Mumtoz adabiyotimiz tarixida yaratilgan masnaviylarni shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: 1) lirik masnaviy (shoirning lirik kechinmalari, his-tuyg‗ulari ifoda etiladigan she‘r shakli); 2) epik masnaviy yoki doston (syujet asosiga quriladigan katta hajmli asar). SOQIYNOMA soqiy (may quyuvchi)ga murojaat qilib yozilgan, masnaviy shaklida qofiyalanadigan katta hajmli she‘r bo‗lib, bir necha bandni o‗z ichiga oladi. «Xazoyin ul- maoniy» kulliyotida bitta soqiynoma mavjud bo‗lib, «Favoyid ul-kibar» devoni tarkibiga kiritilgan. Alisher Navoiy soqiynomasi turli hajmdagi 32 qism (band)dan iborat. Jami 458 baytni o‗z ichiga oladi. TARJI’BAND arab tilidan olingan atama bo‗lib, «tarji’» va «band» so‗zlaridan tashkil topgan. «Tarji’» so‗zi «qaytarish, takrorlash» ma‘nosini anglatadi. «Band» so‗zi «kishan, qamoq, to‘xtatish, bog‘lash» ma‘nolarida kelib she‘riy janrlardagi misralarning miqdoriy tartibini bildiradi. Adabiy atama sifatida esa bir necha banddan iborat bo‗lib, g‗azal singari qofiyalanadigan, birinchi bandning maqta‘si qolgan bandlarning so‗ngida ham takrorlanadigan she‘r turini anglatadi. U mumtoz she‘riyatimizda keng uchraydigan adabiy janrlardan. Turkiy adabiyotda tarji‘bandning ilk namunalari Hofiz Xorazmiy ijodida uchraydi. Uning devoniga 3 ta tarji‘band kiritilgan. Alisher Navoiyning tasavvufiy mazmunga yo‗g‗rilgan ijtimoiy-falsafiy ruhdagi Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling