Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

1. Qasidayi tom (to‘liq qasida) – bunda qasida to‗rt qismdan tarkib topadi: 
a) nasib – lirik kirish (tabiat tasviri); 
b) gurizgoh – nasib bilan madhni bog‗lovchi, 4 – 5 baytdan tashkil topuvchi qism; 


106 
c) madh – asosiy qism; 
d) qasd – mamduh (madh etilayotgan shaxs)ga niyat va istaklar bildiriladigan qism.
2. Qasidayi mujarrada (chala qasida) – bunda faqat madh keltiriladi.
Qasidalar mavzusiga ko‗ra vasf, madh, hajv, marsiya, munojot va falsafiy 
qasidalarga bo‗linadi. Turkiy adabiyotdagi ilk qasida «Devonu lug‘otit turk»da «qo‗nug‗« 
shaklida uchraydi.
LUG‘Z arabcha «topishmoq», «sir» ma‘nolarini anglatadi. Lug‗z fors-tojik 
adabiyotida chiston (forscha «nima u?») deb ham yuritiladi. Lug‗z biror predmet yoki 
hodisaning xarakter va belgilarini ta‘rif-u tavsif etish orqali kitobxonni o‗sha predmet yoki 
hodisani topishga undaydigan she‘r turidir. Lug‗z dastavval xalq og‗zaki ijodida vujudga 
kelgan bo‗lib, X – XII asrlardan fors-tojik she‘riyatida istifoda etila boshlagan. Lug‗zlar 
g‗azal, ruboiy va tuyuq kabi hajm, qofiya va boshqa shakliy jihatlardan qat‘iy qonuniyatga 
ega emas. Ular fard, ruboiy, qit’a, ba’zan g‘azal singari qofiyalanishi mumkin.
Turkiy adabiyotda lug‗zning ilk namunalari Alisher Navoiy ijodida uchraydi. 
Shoirning «Xazoyin ul-maoniy» kulliyotida jami 10 ta lug‗z mavjud bo‗lib, barchasi 
«Badoye‘ ul-vasat» devoniga kiritilgan.
TA’RIX muayyan voqea-hodisa yoki inson hayoti bilan bog‗liq biror sanani ochiq 
aytmay, arab alifbosidagi harflar vositasi, ya‘ni abjad usuli asosida ko‗rsatishdir. 
She‘rshunoslik ilmida ta‘rixga alohida she‘riy janr sifatida ham, badiiy san’at sifatida 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling