118
O‘z yorini topmasdan ovora ekan mendek,
Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
Kuygan jigari bag‘ri sadpora ekan mendek.
(
Furqat)
5. Musabba’ (
har bandi yetti misradan tashkil topgan) musammatlar.
Turkiy
adabiyotda musabba‘ faqat Mashrab ijodida uchraydi.
6. Musamman (
har bandi sakkiz misradan tashkil topgan) musammatlar. Alisher
Navoiygacha turkiy she‘riyatda
musamman («
sakkizlik») janri uchramaydi. Kulliyotda
bitta musamman bo‗lib, u «Favoyid ul-kibar» devoniga kiritilgan. Musamman
a-a-a-a-a-
a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-a, s-s-s-s-s-s-s-a tarzida
qofiyalanib, 7 banddan – jami 56 misradan
iborat. She‘r
muraddaf (
radifli) bo‗lib, «ey ko‗ngul» jumlasi radif bo‗lib kelgan.
Musamman ishqiy mavzuda: oshiqning yor ozoridan shikoyat qilib ko‗ngilga
murojaati
tarzida yaratilgan.
Har taraf azm aylab ul sho‘xi sitamgor, ey ko‘ngul,
Tig‘i hajridin necha bo‘lg‘aybiz afgor, ey ko‘ngul,
Chun safar aylab edi bir qatla dildor, ey ko‘ngul,
Dardi hajrig‘a bo‘lub erduk giriftor, ey ko‘ngul,
Bo‘ylakim, ta’rif etib g‘urbatni bisyor, ey ko‘ngul,
Shahr-u kishvardin malolat aylab izhor, ey ko‘ngul,
Anglading yo yo‘qmukim, aylar safar yor, ey ko‘ngul,
Vahki, bo‘lduq yana hajri ilgidin zor, ey ko‘ngul...
Avaz O‗tarning quyidagi band bilan boshlanadigan musammani ham mumtoz
adabiyotimizda o‗z o‗rniga ega:
Har odamning talab yo‘lida gar ixlosi komildur,
Gumonsiz jumlayi maqsud birla komi hosildur,