Parishon xalqi olam oh-u afg‘on etdigumdandur,
Parishon o‘ldug‘um xalqi parishon etdigumdandur.
116
Furqatning «Adashganman» radifli ikki muxammasi bor:
1-muxammas:
Kishi holimni bilmas, mehribonidin adashganman,
Vatan ovoradurmen, do‘stonidin adashganman,
Vatansiz benavodurmen, makonidin adashganman,
G‘aribi ko‘yi g‘urbat, xonumonidin adashganman,
Vayo bir murg‘i vahshiy oshiyonidin adashganman.
2-muxammas:
Manam sho‘rida bulbul bo‘stonidin adashganman,
Yuzi gul, qomati sarvi ravonidin adashganman,
Dilim hajri-la qondur, dilistonidin adashganman,
G‘aribi ko‘yi g‘urbat xonumonidin adashganman,
Vayo bir murg‘i vahshiy oshiyonidin adashganman.
Zavqiyning «Ajab ermas» radifli muxammasi esa quyidagicha boshlanmaga ega:
Bu kunlar boshimizda bir sahob o‘lsa ajab ermas,
Munavvar zimnida bir oftob o‘lsa ajab ermas,
Bu davlat suv yuzinda bir hubob o‘lsa ajab ermas,
Ko‘rinsa surat-u asli niqob o‘lsa ajab ermas,
Ochilsa pardalar yuzdin hijob o‘lsa ajab ermas.
Avaz O‗tarning Navoiyga bog‗lagan muxammasi:
Dil ishqinga mubtalo bo‘lubdur,
Ham rasmi vafo ongo bo‘lubdur,
117
Oini jafo sango bo‘lubdur,
Ko‘zing ne balo qaro bo‘lubdur
Kim, jong‘a qaro balo bo‘lubdur.
Komil Xorazmiyning quyidagi misra bilan boshlanadigan muxammasi mashhur
qo‗shiqqa aylangan:
Qaysi falak burjining mehri puranvorisan,
Qaysi sadaf durjining gavhari shahvorisan,
Qaysi Xo‘tan ohusi nofayi totorisan,
Qaysi chamanzorning lolayi gulnorisan,
So‘yla menga, ey sanam, kimni sevar yorisan?
Zamondosh shoirlarda Omon Matjonning Navoiy g‗azaliga bog‗lagan quyidagi misra
bilan boshlanadigan muxammasi bugun ham taxmis bog‗lash an‘anasi davom etayotganini
bildiradi:
Charx avzoyi bu dam avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Kotib-u davr-u raqam avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Endi inson qadri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Do'stlaringiz bilan baham: |