Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

– harbiy romanlar: Oybek «Quyosh qoraymas»; Shuhrat «Shinelli yillar»;
– zamonaviy romanlar: P.Qodirov «Olmos kamar»; O.Yoqubov «Diyonat»;
– sarguzasht va fantastik romanlar: X.To‗xtaboyev «Sariq devni minib»; 
«Sariq devning o‗limi»;
– ijtimoiy-falsafiy roman: A.Muxtor «Davr mening taqdirimda» va boshqalar.
Ushbu janrni to‗liq idrok qilishda uning shakllarini bilish ham juda muhimdir. 
Chunki shunday romanlar bitiladiki, romannavis ko‗ngliga tukkan, yoritishi kerak bo‗lgan 
voqealar bir kitobga sig‗maydi. Muallif uni ikki, uch, to‘rt, hatto undan ortiq kitob holida 
yaratishi mumkin. Shunga ko‗ra, roman o‗zining hajmi va shakliga ko‗ra dilogiya
trilogiya, tetralogiya, romanlar turkumi ko‗rinishida bo‗lishi mumkin. Demak, romanning 
voqealar ko‗lami uning necha kitobdan iborat bo‗lishini belgilaydi.
Umumiy mazmuni, g‗oyasi, asosiy qahramonlari, voqealar tizimining o‗zaro 
aloqadorligi, bog‗liqligi bilan bir butunlikni, yaxlitlikni tashkil etuvchi ikki kitobdan 
iborat ikki mustaqil roman – roman-dilogiya deb ataladi va nisbatan katta voqea-
hodisalarni qamrab oladi. Bunda asardagi bosh qahramonlar taqdiri tasviri har ikkala 
kitobda ham davom etadi. Masalan, P.Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Avlodlar 
dovoni», H.G‘ulomning «Mash’al», M.Ismoiliyning «Farg‘ona tong otguncha»
X.To‘xtaboyevning «Sariq devni minib», «Sariq devning o‘limi» romanlari o‗zbek 
adabiyotida yaratilgan roman-dilogiyalarning namunalaridir.
Roman-trilogiya haqida ham roman-dilogiyaga nisbatan qo‗llangan ta‘rif mos keladi. 
Shunday ekan, trilogiya uch kitobdan iborat roman bo‗lib, ijtimoiy hayotning katta bir 
davrini o‗z ichiga oladi. Bunday asar undagi qahramonlar hayotini, davrning juda katta 
qismini voqealar fonida ko‗rsatishga qodir bo‗ladi. Masalan, Said Ahmadning «Ufq» 
trilogiyasi uch kitobdan iborat romandir. Romanning birinchi kitobi «Qirq besh kun» deb 


126 
atalib, unda xalqimizning urushgacha bo‗lgan hayoti, uning mehnat jasorati (Katta 
Farg‗ona kanali qurilishini eslang) qalamga olingan. «Hijron kunlarida» deb ataladigan 
ikkinchi kitob esa birinchi kitob qahramonlarining urushda va front ortidagi 
qahramonliklari haqida hikoya qiladi. Asarning uchinchi kitobi – «Ufq bo‗sag‗asida» esa 
ularning urushdan so‗nggi taqdirini tasvirlagan.
Ko‗rinyaptiki, ushbu roman-trilogiyada juda katta davr qamrab olingan va bu uch 
mustaqil kitob qahramonlarning g‗oyat murakkab, baxtli va mashaqqatli taqdirini batafsil 
yorita olgan.
Jahon adabiyotida L.N.Tolstoy, S.T.Aksakovning «Oilaviy xronika», Nobel 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling