Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- « Muqanna » ( H.Olimjon ) , « Mirzo Ulug‘bek »
7. DRAMATIK TUR JANRLARI
Sahnada qo‗yish uchun yaratilib, harakat, monolog va dialoglardan iborat bo‗lgan, muallif asarda tasvirlangan voqealarga ham, unda ishtirok etayotgan obrazlarga ham o‗z munosabatini bevosita ifodalamaydigan badiiy asarlar dramatik asarlardir. Dramatik turdagi asarlarning o‗zi ham fojia (tragediya), komediya, drama singari janrlarga bo‗linadi. Drama yunoncha «harakat» degan ma‘noni ifodalaydigan so‗zdir. Bunday nomlanishda adabiy turning eng asosiy xususiyati – sahna asaridagi ifoda obrazlarning harakatlari orqaligina yuzaga kelishi, bildirilishi hisobga olingan. Dramatik turning quyidagi janrlari mavjud: tragediya, komediya, drama, tragikomediya, melodrama, inssenirovka, intermediya, monodrama va boshqalar. TRAGEDIYA adabiyotning dramatik tur janrlaridan biri bo‗lib, uning lug‗aviy ma‘nosi yunoncha «tragos» – echki, «ode» – qo‘shiq; tragediya – echki qo‘shig‘i ma‘nosini anglatadi. Qadimda yunonlarda hosil xudosi Dionis sharafiga xalq bayramlari o‗tkazilgan. Bu bayramlarda echkilar so‗yilib dasturxonga qo‗yilgan. Qiziqchilar esa echki terilarini yopinib yurib turli sahna tomoshalarini ko‗rsatishgan. Bunday jaydari qiziqchilarni tragoslar deyishgan. Keyinchalik bu so‗z oqibati fojia bilan tugaydigan sahna asarlariga nisbatan qo‗llanila boshlagan. Tragik asar, ya‘ni tragediyaning boshqa sahna asarlari (komediya, monodrama, intermediya)dan farqi shundaki, u qahramonlar o‗rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga 129 quriladi, qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi, ular o‗rtasidagi konflikt (ziddiyat) shiddatli va keskin tus oladi. Fojeiy asar qahramonlar xarakterining yorqinligi, ichki kolliziya (qarama-qarshilik, to‗qnashuv) kuchliligi, personajlar o‗rtasidagi konfliktning o‗ta kuchli ekanligi bilan farqlanadi. Tragediya murosasiz kurash, g‗oyatda keskin ziddiyat zaminiga quriladi. Bunday asarda kishilar qismati shiddatli, suronli siyosiy voqealar, turli ijtimoiy, shaxsiy qarashlar kurashi fonida ko‗rsatiladi. Tragediya doimo hayotdagi eng muhim, dolzarb hayot-mamot masalalarini ko‗tarib chiqadi. Ijobiy qahramon istagi, qarashlari bilan u yashagan muhit o‗rtasidagi ziddiyat tragediyaning asosiy kolliziyasi (qarama-qarshiligi)ni keltirib chiqaradi va, albatta, ezgulikni e‘zozlagan, haqiqat fidoyisi, yaxshi inson fojiasi uning o‗limi bilan tugaydi. Biroq bu qayg‗uli, faqat ko‗z yosh oqizib tomosha qiladigan holat emas, balki dramaturg ko‗zda tutgan ezgu g‗oyalarning tantanasi, kelajakka katta ishonch bilan yo‗g‗rilgan ijtimoiy ruhning g‗olib kelishidir. Ijobiy qahramonni mahv etgan qora kuchlar asar davomida o‗zlarining kaltabinligi, ma‘naviy tubanligi, taraqqiyot dushmanlari ekani kabi «xislatlari»ni fosh etadilar. Fojeiy sahna tomoshasi so‗ngida qahramon halokati yovuz kuchlarning ham ma‘naviy o‗limi bilan tugaydi. Tragediya janrining xususiyatlari V.Belinskiy tomonidan quyidagicha asoslanadi: 1. Tragediyaning mohiyati... qalbning tabiiy jarayoni, maylning axloqiy burch yoki daf qilinmas bir to‘siqlik bilan to‘qnashuvidir... Tragediya – qayg‘uli tomosha! Agarda qon, o‘liklar, xanjar, zahar tragediyaning odatdagi sifatlari bo‘lmasa ham, lekin uning oqibati har vaqt qalbdagi eng qimmatli umidlarning yemirilishi, butun bir hayot saodatining yo‘qoluvidir. Uning qora ulug‘vorligi, uning buyuk azamatligi shundan kelib chiqadi: unda taqdir kuchi hukm suradi, uning mohiyati, asosi taqdir kuchidir. 2. Tragediya asosida buyuk haqiqat, yuksak donolik yotadi. Kurashda o‘lgan yoki g‘alabada halok bo‘lgan qahramon uchun biz chuqur qayg‘uramiz. Lekin bu kurashsiz, bu halokatsiz u qahramon bo‘lmasligini, o‘z shaxsiyati bilan abadiy substansial kuchlarni, jahonni va o‘zgarmas borliq qonunlarini amalga oshira olmasligini bilamiz. 3. Buyuk axloqiy vazifalarni hal qilish uchun taqdir eng asl ruhlarni, kishilik dunyosi boshida turgan yuksak ruhli shaxslarni, axloqiy dunyoning tirgagi bo‘lgan substansial kuchlarni o‘zida gavdalantirgan qahramonlarni tanlaydi. Faqat oliy tabiatli 130 odam tragediyaning qahramoni yoki qurboni bo‘la oladi; voqelikning o‘zida ahvol shunday. 4. Har qanday tragediyadan mash’um halokatni yo‘qoting, siz bu bilan uni buyuklikdan, butun ma’nodan mahrum qilasiz, buyuk asardan oddiy bir narsa yasaysiz, u birinchi galdayoq o‘zining butun nafis kuchini yo‘qotadi. 5. Tragediya ko‘proq sun’iy asardir. Mana shuning uchun tarixiy shaxslarni buzib ko‘rsatishga biroz yo‘l qo‘yilsa ham, tragediyaning go‘yo qat’iy huquqidir, bu uning mohiyatidan kelib chiqadi. Tragediyachi o‘z qahramonini ma’lum tarixiy vaziyatda ko‘rsatishni istaydi: tarix unga vaziyat beradi, agar bu vaziyatdagi tarixiy qahramon tragediyasining ideyasiga muvofiq kelmasa, uni o‘zicha o‘zgartirishga u to‘la huquqlidir. O‗zbek adabiyotida yaratilgan «Muqanna» (H.Olimjon), «Mirzo Ulug‘bek» Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling