Qahhorning «So‘nggi nusxalar», Erkin Vohidovning «Oltin devor», Said Ahmadning
«Kelinlar qo‘zg‘oloni», Abduqahhor Ibrohimovning «Zo‘ldir» kabi asarlari ham
komediya janrining yaxshi namunalari sanaladi.
DRAMA (yunon. «drame» – harakat) atamasi keng ma‘noda dramatik turni, tor
ma‘noda drama janrini bildiradi. Drama, V.Belinskiy asoslaganidek, tragediya bilan
komediya o‗rtasidagi janrdir, u mash‘um falokatni ham, yumoristik va satirik kulguni ham
talab qilmaydi. Balki hayot hodisalarini yuqori darajali tarzda, jiddiy holatda tasvirlaydi.
«Dramada muhim narsa uzundan uzoq hikoyalarning yo‘q bo‘lishidir, har bir so‘z
dramada harakat – amal bilan ifodalanishi lozim. Drama tabiatdan oddiy
ko‘chirmakashlik emas, ayrim sahnalarning, garchi ular go‘zal bo‘lsalar ham, yig‘indisi
emas, drama ayrim, xos, yopiq bir dunyo bo‘lishi kerak, unda har bir shaxs o‘z maqsadiga
intilib, faqat o‘zi uchun harakat qilib, o‘zi bilmasdan ham pyesaning umumiy harakatiga
yordam beradi, drama xayol, mulohaza orqali yopishtirilmasdan, balki fikrdan tug‘ilgan
bo‘lsagina shunday xarakterga ega bo‘ladi» (V.Belinskiy).
Dramaning qahramoni ko‗pincha hayotdagi oddiy kishilar, ularning dramatizmga
to‗la qismatlaridir. Ularning taqdirlarida ro‗y beruvchi jiddiy konfliktlarning oqilona
bartaraf qilinishidir.
Agar tragediya qahramoni noilojlikdan halok bo‗lsa, uni taqdir boshqarsa, drama
qahramoni o‗z irodasiga, xarakteriga muvofiq yakun topadi, uni tipik sharoit mantig‗i
to‗liq asoslaydi. Izzat Sulton va Uyg‘unning «Alisher Navoiy», O‘lmas Umarbekovning
«Qiyomat qarz», «O‘z arizasiga ko‘ra», Izzat Sultonning «Imon» kabi asarlari
dramaning harakat birligiga asoslangan eng yaxshi namunalari sanaladi.
Agar tragediyani fojia, komediyani kulgu, dramani jiddiylik boshqarsa, ba‘zi
dramatik asarlarda bu vositalarning birlashganini ko‗rish mumkin.
133
TRAGIKOMEDIYA ( tragediya va komediyaga xos xususiyatlarning birlashuvi)
janrida inson fojiasini kulgili voqealar orqali ko‗rsatish yetakchilik qiladi. Sharof
Do'stlaringiz bilan baham: |