Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

(M.Shayxzoda) tragediyalari ham V.Belinskiy fikrlarini to‗liq isbotlaydi.
«Mirzo Ulug‗bek» fojiasidagi voqealarni esga olsak. Asar buyuk olim va hukmdor 
Mirzo Ulug‗bekning o‗limi bilan tugasa-da, undagi optimistik ruh kishiga dalda beradi. 
Ali Qushchining tragediya nihoyasidagi kelajakka ishonch, yaxshi kunlar umidi bilan 
yo‗g‗rilgan quyidagi so‗zlari fikrimizning dalilidir: 
Koinotning chamaniga ochgan yo‘limiz 
Yo‘lchilarsiz qolmas, biling, aziz muallim! 
Orta borar yulduz soni jadvalingizda, 
Qoningizdan o‘sib chiqar shodlik gullari.
Tragediyaning paydo bo‗lishi biz yuqorida eslatgan antik davr marosimlariga to‗g‗ri 
keladi. Yunonlarning hosil xudosi Dionis sharafiga echki so‗yib bayram qilishlari, echki 
qo‗shig‗i degan lug‗aviy ma‘no o‗sha davrga daxldordir. Haqiqiy tragik asarlar yaratish 
esa miloddan avvalgi V asrga kelib o‗zining kamolot bosqichiga ko‗tarildi. Esxilning 
«Zanjirband Prometey», «Oresteya», Sofoklning «Shoh Edip», «Antigona»
Evripidning «Elektra»«Medeya»«Gerakl» kabi tragediyalari optimistik ruh, adolat va 
haqiqatning qaror topishi, yuksak insoniy tuyg‗ularning maromiga yetkazib tarannum 


131 
etilishi bilan ajralib turadi. Bu asarlar yunon sahna san‘ati, xususan, tragediyasining 
dovrug‗i jahonga yoyilishiga sabab bo‗ldi.
Yevropada tragediya uyg‗onish va undan keyingi davrlarda ham keng rivojlandi. 
Ispan dramaturglari Lope de Vega, Kalderon, ingliz yozuvchisi V.Shekspir, nemis 
dramaturglari Gyote, Shiller, rus shoiri A.S.Pushkin kabilar bu sohada samarali qalam 
tebratdilar. Ular yaratgan «Otello», «Gamlet», «Romeo va Julyetta», «Boris Godunov» 
kabi tragediyalar bugungi kunda jahon teatrlari sahnalarida qayta-qayta o‗ynalmoqda.
O‗zbek adabiyotida tragediyaning go‗zal namunalari Mahmudxo‘ja Behbudiy 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling