138
bo‘sa – oshiqning (haqiqiy yoki majoziy) yor visolidan bahramandligi. Nasroniy
diniga mansub kishi ma‘nosini bildiruvchi tarso istilohi tasavvufda o‗zini Alloh
ishqiga yetishmoqqa baxshida etgan inson ma‘nosida qo‗llanadi. Xaloyiq (xalq,
mardum, el) esa haqiqiy ishqdan bexabar kimsalar yoki dunyoga ko‗ngil
bergan
nafs bandalari. Dunyo, so‗fiylar nazdida, nafsoniy xuruj, shaytoniy istaklar
jamlangan voqelik.
«
TAZKIRA» arabcha so‗z bo‗lib, «
zikr»
, ya’ni eslatib o‘tish, yozib qo‘yish
ma‘nolarini anglatadi. Tazkirada shoirlarning hayoti
va ijodi haqida eng muhim
ma‘lumotlar, asarlaridan namunalar keltiriladi. Tazkira g‗arb adabiyotida antologiya deb
yuritiladi. Uning eng qadimgi namunasi arab olimi Abu Mansur as-Saolibiyning (961 –
1038)
«Yatimat at-dahr fi mahosin ahl al-asr» (
Asr ahlining fozillari haqida
zamonasining durdonalari) asari bo‗lib, 4 qismdan iborat. Uning avvalgi qismlarida X –
XI asrlarda yashab arab tilida ijod qilgan 415 ta adib va yozuvchilar haqida ma‘lumotlar
keltirilgan bo‗lsa, 4-qismda 124 ta xurosonlik va movarounnahrlik shoirlar ijodidan
namunalar berilgan. Asardagi barcha baytlar 4160 tani tashkil qiladi.
O‗zbek adabiyotidagi birinchi tazkira Alisher Navoiyning
«Majolis un-nafois»
(1491 – 1498) asari bo‗lib, 8 majlisdan iborat. 8-majlis to‗laligicha Husayn Boyqaroga
bag‗ishlangan. Tazkirada XV asrda Xurosonda yashab ijod etgan 459 ta shoir haqida
ma‘lumot beriladi.
Hasan Xoja Nisoriyning 1566-yili
tuzilgan «Muzakkiri ahbob»ida 300 ga yaqin
ijodkor haqida ma‘lumotlar keltirilsa, Davlatshoh Samarqandiyning 1486-yili
tuzilgan
Do'stlaringiz bilan baham: