146
asar memuar asar hisoblanadi.
Oybekning «Bolalik», A.Qahhorning «O‘tmishdan
ertaklar» asarlari memuar namunalaridir.
Memuar asarlar bayon qilish shakli, zamoniy izchilligi
jihatidan kundaliklarga
o‗xshab ketsa, materialning tabiati, tasvirlanayotgan voqealarning haqqoniyligi,
badiiy
to‗qimaning yo‗qligiga ko‗ra ilmiy asarlarga yaqin turadi. Dunyo adabiyoti tajribasida
memuarlarning bir necha turi bor. O‗zbek adabiyotida esa bu xil asarlarning tarixiy
memuarlar va badiiy memuarlar singari ikki turi ko‗proq uchraydi.
Ayni vaqtda, tarixiy
memuarlarda badiiylik, badiiy memuarlarda esa tarixiylik
xususiyatlari uchraydiki, bu
ularning saviyasini ko‗taradi.
Memuar asarlarga xos asosiy qirra shundaki, unda muallif ishtirokchi yoxud
tonig‘
(guvoh) sifatida tasvirlanayotgan voqealar markazida turadi. U tarixchi va adabiyotshunos
olimdan farq qilib, real voqelikning o‗zi bevosita qatnashgan yoinki ko‗rgan qisminigina
aks ettiradi. Bunda muallif o‗z kuzatish va dunyoqarashigagina tayanadi.
Shuning uchun
memuar asarda yo hikoyachining o‗zi yo bo‗lmasa uning nuqtayi nazari old o‗rinda
bo‗ladi. Bu holni «Boburnoma» misolida yaqqol ko‗rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: