144
NOMA – o‗zbek mumtoz adabiyotining janriy ko‗rinishlaridan biri. Lug‗aviy
jihatdan bu forsiy so‗z «
xat»
, «
maktub» degan ma‘noni anglatadi. Istilohiy ma‘nosi ham
shundan kelib chiqadi. Chunki shaklan
noma janriga doir asarlar xat, maktub tarzida
bitiladi.
Biroq bu badiiy asarlar ichida qahramonlarning bir-biriga maktub yo‗llashi
bilan
bog‗liq deb tushunilmaydi. Masalan, Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidan
Farhodning Shiringa, Shirinning Farhodga, shuningdek, «Layli va Majnun»dan Laylining
Majnunga, Majnunning Layliga maktublari o‗rin olgan. Mustaqil biror asar tamoman
noma usulidan foydalanilgan holda bitilsagina u noma janriga daxldor hisoblanadi.
Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si o‗zbek mumtoz adabiyotidagi noma janrining ilk
yorqin namunasi sanaladi. Albatta, «Muhabbatnoma» faqat nomalar yig‗indisi emas, unda
g‗azal, qit‘a, fard kabi kichik lirik janrlarga xos asarlar ham mavjud. Lekin asardagi o‗n
bir noma asar tuzilishining bosh xususiyatini belgilaydi.
Shoir shundan kelib chiqib
«noma» so‗zini asar nomiga ham chiqazgan.
Xorazmiyning nomanavislik an‘anasini adabiyotimizda
Xo‘jandiy «Latofatnoma»si,
Do'stlaringiz bilan baham: