154
o‗qilgan. Bitiktoshning muallifi
qadimgi yozuvchilardan biri, xoqonning jiyani
Yo‘llug‘
tegindir.
«Bilga xoqon» yodgorligi
Eltarish xoqonning o‗g‗li sharafiga o‗rnatilgan bo‗lib, N.M.Yadrinsev
tomonidan
topilgan. U Kultegin bitiktoshdan 1 km janubi-g‗arbga o‗rnatilgan. Bo‗yi 45 sm, bitiktosh
ag‗darilib, uchga bo‗lingan, yozuvlari zarar ko‗rgan. 80 satrdan iborat. «Bilga xoqon»
bitigida «Kultegin» bitiktoshidagi 41 satr takrorlangan.
Bitikdagi voqealar Bilga xoqonning yoshiga bog‗liq holda davriy izchillikda
ifodalangan. Voqealar xoqonning 17 yoshida Tangut tarafga
lashkar tortishi bilan
boshlanadi, unda shunday deyiladi: «
Tangut xalqini yengdim, o‘g‘lini, bor narsasini,
yilqisini, mol-mulkini oldim»
. Yodgorlikdagi asosiy tasvir vositalaridan biri – so‗zlar
takrori.
«Men o‘n to‘qqiz yil shad bo‘lib turdim. O‘n to‘qqiz yil xoqon bo‘lib turdim.
Davlatni tutib turdim».
Bu bitiktoshning muallifi ham
Yo‘llug‘ tegindir.
Yodgorliklar hozirgi o‗zbek tiliga bir necha bor o‗girilgan. A.P.Qayumovning
«Qadimiyat obidalari», G‗.Abdurahmonov va A.Rustamovlarning «Qadimgi turkiy til»
kitoblarida yodgorliklardan namunalar keltirilgan.
Qog‗ozda bitilgan yodgorliklar ham mavjud bo‗lib,
ulardan «Irq bitigi»
(«
Ta’birnoma») 1907-yili venger olimi A.Steyn tomonidan Sharqiy Turkistondagi
Dunxua manzilidan topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: