Dilnavoz Yusupova
she’riy yo‘lda, sakkiz bo‘g‘inli hijo vaznida, biroq qofiyalar satr so‘ngida emas
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polienning « Harbiy hiylalar »
she’riy yo‘lda, sakkiz bo‘g‘inli hijo vaznida, biroq qofiyalar satr so‘ngida emas,
ko‘pincha misra o‘rtasida, hatto boshida keladi. Tili shirali, ta‘sirchan. Kitobda Kayumars, Yima, Gershasp, Arjasp va boshqalar haqidagi miflar, afsonalar ham o‗rin olgan va bularning barchasi ezgu fikr, ezgu so‗z va ezgu amalni ulug‗lashga xizmat etadi. Bejiz emaski, asarning 2700 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyati markazi Urganch shahrida tiklangan obida peshlavhasiga «Ezgu o‗y, Ezgu so‗z, Ezgu amal» so‗zlari o‗yib yozilgan edi. Gerodot (mil. av. 484 – 425)ning «Tarix» kitobi orqali yetib kelgan «To‗maris» afsonasi o‗ziga xos o‗ringa ega. Afsona yozuvchi Mirkarim Osim tomonidan hikoya shaklida qayta ishlangan bo‗lib, ayrim o‗zgarishlar va badiiy to‗qimalar kiritilgan. Hikoyaga ko‗ra, voqealar qadimgi O‗kuz (hozirgi Amudaryo) daryosi qirg‗oqlarida bahor faslida yuz beradi. Eron shohi Kir massagetlar yurtiga ko‗z olaytirib, ularning boyligiga egalik qilish uchun malika To‗marisga uylanmoqchi bo‗ladi. Lekin To‗maris (olima F.Sulaymonova fikriga ko‘ra Tumor) Kirning niyatini fahmlab, uning taklifini rad etadi. Kirning Krez ismli maslahatchisi massagetlarni hiyla bilan qo‗lga tushirish rejasini taklif qiladi, natijada To‗marisning yosh, tajribasiz o‗g‗li Sparangiz hamda uning safdoshlari halok bo‗ladilar. Bu voqeadan qattiq qayg‗urgan To‗maris quyosh xudosi Mitradan madad 152 so‗rab jangga otlanadi va Eron shohini yengadi. Afsona so‗ngida To‗maris jangda o‗ldirilgan Kirning boshini kesib, qon to‗ldirilgan meshga solib qo‗yadi. Afsonada, shuningdek, Kirning o‗g‗li Kambiz, Gishtaspning katta o‗g‗li Doro kabi timsollar haqida ham so‗z boradi. Polienning «Harbiy hiylalar» asari orqali yetib kelgan «Shiroq» afsonasi ham yozuvchi M.Osim tomonidan qayta ishlangan bo‗lib, voqealar Yaksart – «Sirdaryo» atroflarida yoz faslida bo‗lib o‗tadi. Eron shohi Doro shak (sak) qabilalari ustiga bostirib kelmoqchi bo‗ladi. Bundan xabar topgan yurt oqsoqollari kengash o‗tkazadilar. Kengashda qabila boshlig‗i, nomi Sug‗diyada ham, Eronda ham mashhur bo‗lgan Rustak, oqsoqollar Saksfar, Omarg va boshqalar ishtirok etadilar. Shu vaqt ularning huzuriga Shiroq ismli cho‗pon kirib Eron qo‗shinini hiyla bilan halok etajagini, buning evaziga uning oilasi va bolalariga g‗amxo‗rlik qilishga va‘da berishlarini talab qiladi. Va‘dani olgach Shiroq o‗z quloq-burnini kesib, eroniylar dam olib turgan joyga boradi. Shiroq Doroga qabila boshlig‗i Rustak uning quloq-burnini kesganligini, buning uchun undan qasos olmoqchi ekanligini va Eron qo‗shinini saklar yashaydigan chekka yerlarga olib bormoqchiligini aytadi. Eron qo‗shini bir haftalik oziq-ovqat olib yo‗lga tushadi. Lekin oradan bir hafta o‗tsa hamki saklardan darak topolmaydilar. Eron qo‗shini aldanganini bilib Shiroqni ura boshlaydi. Sarkarda Ranosbat Shiroqni yaxshilikcha yo‗lga solmoqchi bo‗ladi. Lekin botir cho‗pon uning taklifini rad etadi. Eroniylar Shiroqni chopib, qiyma- qiyma qilib tashlaydilar. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling