Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. XIII – XIV ASRLAR ADABIYOTI 9.1. Nosiruddin Rabg‘uziy
- « Qisas ul-anbiyo »
- Imom Ya’qub Sufyon, Majididdin
Savol va topshiriqlar: 1. Qadimgi afsonalar qanday manbalar asosida yetib kelgan? 2. «Avesto» kitobi qaysi tilda yozilgan? 3. «Avesto» haqida Beruniy qanday ma’lumotlar bergan? 4. «Avesto»ning sharhlari nima deb ataladi? 5. «Avesto»ning bosh g‘oyasi haqida so‘zlab bering. 6. Gerodot va Polienning asarlarida yurtimiz tarixiga doir qanday ma’lumotlar mavjud? 7. O‘rxun-Enasoy bitiklarini ilk bor topgan olimlar kimlar? 155 8. O‘rxun-Enasoy bitiklarining muallifi kim? 9. «Irq bitigi» yodgorligi kim tomonidan topilgan? 9. XIII – XIV ASRLAR ADABIYOTI 9.1. Nosiruddin Rabg‘uziy (XIII asr oxiri – XIV asr boshlari) Rabg‗uziy o‗zbek mumtoz adabiyoti tarixida alohida mavqega ega adibdir. Uning asl ismi Nosiruddin bo‗lib, Xorazmning Raboti O‗g‗uz degan joyida tug‗ilgan. Rabg‗uziy «Qisasi Rabg‗uziy» asarining muqaddimasida otasi Burhoniddin O‗g‗uz Rabotining qozisi bo‗lganligini aytib o‗tadi. Asarda bu haqda: «... bu kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqlug‘, ko‘p yozuqluq Rabot o‘g‘uzining qozisi Burhon o‘g‘li Nosiruddin...» – deb qayd etilgan. Asar islom dinini qabul qilgan mo‗g‗ul begi Nosiruddin To‗qbug‗aning topshirig‗i asosida hijriy 709 (mil. 1309 – 1310)-yili yozilgan. Muallif uni «... yigitlar arig‘i, ulug‘ otlig‘, qutlug‘ zotliq, ezgu xulqlig‘, islom yorig‘liq, mo‘g‘ul sanilig‘, musulmon dinlig‘, odamiylar inonchi, mo‘minlar quvonchi, himmatli adiz, aqli tengiz beg» deb ta‘riflaydi. Nosiriddin To‗qbug‗abekka bag‗ishlangan she‘riy madhiyada uning «Arslon mengizlik surati», «Ko‘rqluq sifatlig‘ surati», «Tuz so‘zlayur so‘zni o‘qi» singari sifatlari keltiriladi. Rabg‗uziyning boshqa asarlari haqida ma‘lumotlar yo‗q. Asosan, payg‗ambarlar hayotini hikoya qiluvchi bu asarning o‗ziga xos yaratilish tarixi bor. Musulmon Sharqida bu mavzuda «Qisas ul-anbiyo» (Payg‘ambarlar qissasi) nomi bilan mashhur ko‗plab asarlar yaratilgan. Lekin, asarda yozilishicha, ularning «ba’zisi mustaqim (to‘g‘ri, haqiqiy) bor, ba’zisi nomustaqim. Bir onchasi (bir qanchasi) muqarrar (puxta, tugal) va bir onchasi mubattar (notugal) bor». Shuning uchun bek To‗qbo‗g‗a adibdan «o‘qimoqg‘a keraklik, o‘granmakka yarog‘liq» payg‗ambarlar qissalaridan iborat asar yozib berishini so‗ragandi. Rabg‗uziy o‗z asarini yozishda Qur‘on va hadisdan tashqari Imom Ya’qub Sufyon, Majididdin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling