Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Tarixchi Ktesiy (mil. av. 430 – 354) yozib qoldirgan «Zarina va Straingiya», Xores 
Metilenskiy (mil. av. IV asr) tomonidan yozib qoldirilgan «Zariadr va Odatida» 
afsonalarida sevgi-muhabbat va qahramonlik haqida bayon qilinsa, Mahmud Koshg‗ariy 
tomonidan XI asrda yozib olingan «Oltin qon» nomli afsonada turk askarlarining Iskandar 
Zulqarnayn ustidan qozongan g‗alabasi, o‗ldirilgan Zulqarnayn askarlaridan birining 
hamyonidagi qonga bo‗yalgan oltinlar keyinchalik «Oltin qon» nomli tog‗ paydo 
bo‗lishiga sabab bo‗lganligi haqida hikoya qilinadi.
Mahmud Koshg‗ariy asarida afsonalar «sav» atamasi ostida berilgan. Shuningdek
qadimgi manbalarda «qo‗shug‗» atamasi «qo‗shiq», «she‘r» ma‘nolarida, «takshut» 
atamasi «she‘r», «nazm», «bayt», «manzuma» ma‘nolarida, «yir» (ir) atamasi «g‗azal», 


153 
«maqom, kuy» o‗rnida, «shlok» atamasi «manzuma», «madhiya» ma‘nolarida 
qo‗llanilgan.
Eng qadimgi nasriy asarlarga misol qilib Singu Seli Tutung tomonidan X asrda 
Beshbaliq (hozirgi Sharqiy Turkiston)da yaratilgan «Oltun yoruq»ni keltirish mumkin. 
She‘riy asarlardan biri «Tong tangrisiga madhiya» bo‗lib, unda so‗zlar takrori muhim 
o‗rin tutadi. Misradagi bo‗g‗inlar soni turlicha – 3 bo‗g‗indan 10 bo‗g‗ingacha miqdorni 
tashkil etadi.
8.2. O‘rxun-Enasoy yodgorliklari 
Ularning topilishi va o‗rganilishi XVIII asrdan boshlandi. Dastlab xabar berganlar: 
Remezov, Iogann Strallenberg, Messershmidt.  
Yodgorliklarni dastlab 1893-yili Vilgelm Tomson va V.Radlovlar o‗qidilar. 
Yodgorliklar 545-yili vujudga kelgan va VIII asrgacha hukmronlik qilgan II Turk 
xoqonligining badiiy solnomasi hisoblanadi.
«To‘nyuquq» bitiktoshi xoqonlikka asos solgan Eltarish xoqonning maslahatchisi va 
sarkardasi To‗nyuquq sharafiga 712 – 716-yillarda o‗rnatilgan. 2 ta ustundan iborat (170 
va 160 sm). 1897-yili er-xotin Dmitriy va Yelizaveta Klemens Shimoliy Mo‗g‗ulistonning 
Bain Sokto manzilidan topishgan. Bitiktoshda dushman tomonidan «xoqoni bahodir ekan, 
maslahatchisi donishmand ekan» deyiladi. To‗nyuquq tilidan «tun uxlagim kelmadi, 
kunduz o‘tirgim kelmadi», «Bu turk xalqiga qurolli dushmanni keltirmadim, yalovli otni 
yugurtirmadim» degan fikrlar aytiladi.
Asarda oltinga «sariq», kumushga «oq», tuyaga «egri» singari sifatlar qo‗llanilgan. 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling