Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

(Amudaryo) hamda ushbu joylar bilan bogliq geografik atamalar tez-tez uchraydi. 
«Xvayrizem»ning ma‘nosi «quyoshli yer» ekan.
«Avesto» markazida Zardusht turadi. Uning to‗la nomi Zaratushtradir. Zaratushtra 
«qari tuya egasi» degan ma‘noni berar ekan. Yunonlarda u «Zaroastr»ga o‗zgardi. «Astr» 
yunoncha «yulduz» ma’nosini beradi. Shu tariqa Zaratushtraga «yulduzchi», «munajjim» 
sifatlari qo‗shildi va u «bashoratchi» – «payg‗ambar»ga aylantirildi. Shu sababli 
Zaratushtra ta‘limoti Sharqda zardushtiylik, G‗arbda esa zaroastrizm deb nomlanib keladi. 
Zardusht – tarixiy shaxs. U haqda Beruniy, Tabariy kabi olimlar ma‘lumot beradilar. Bu 
ma‘lumotlarga qaraganda, u miloddan oldingi 569-yili bahor faslida Xorazmda tug‗ilgan, 
Manudnehrning o‗n to‗rtinchi avlodidir.
Asardagi asosiy timsollar Hurmuz va Axrimandir. Hurmuzning to‗la nomi 
Axuramazda, Axrimanning ikkinchi nomi Angiramanyudir. Hurmuz – ezgulik timsoli
Axriman – yovuzlik ramzi. Hurmuz yorug‗lik orqali, Axriman qorong‗ulik vositasida 
ifodalanadi. Bu, aslida, dunyoni harakatga solib turgan ikki kuch – shayton va rahmon 
orasidagi abadiy kurashdir.
Zardushtiylik aqidasiga ko‗ra, dastlab dunyo nurdangina iborat ekan. Yo‗qlikdan 
borliqqa birinchi qadamni qo‗ygan zotning oti Zirvon bo‗ladi. U nur olamiga 9999 yil 
iltijo etib farzand so‗raydi. Iltijosi qabul bo‗lavermaydi. Shubhaga tushadi: balki, bu 
dunyo yolg‗ondir?! Qarangki, xuddi shu shubhadan yovuzlik timsoli Axriman homila 
bo‘ladi. Ishonch va haqiqatdan esa Hurmuz dunyoga kelmoqda edi. Zirvon tug‗ilajak 
birinchi farzandi olam hukmdori bo‗lishini va‘da etadi. Bundan xabar topgan Axriman 
Hurmuzdan oldinroq dunyoga kelishga shoshiladi va bunga muvaffaq bo‗ladi. Birinchi 
bo‗lib Axriman tug‗iladi. Zirvon esa Hurmuzni kutgan edi. Shu sababli u zulmat 


151 
darakchisi Axrimanning dunyoga kelganidan xursand bo‗lmadi. Lekin o‗rtada ont bor, 
va‘da bor. Shunga ko‗ra, olam hukmdorligi Axrimanga berilmog‗i lozim. Zirvon, har 
qancha qiyin bo‗lmasin, va‘dasini bajaradi. Olam hukmdorligini Axrimanga beradi. Biroq 
o‗zi butun vujudi bilan Axrimanga qarshi kurash olib borgan Hurmuz yonida turadi. 9000 
yildan keyin Hurmuzning g‗olib kelib, olam hukmdorligini o‗z qo‗liga olajagini bashorat 
qiladi.
Shu tariqa dunyoning birinchi hokimi Axriman o‗z hukmdorligini boshlaydi. Olamni 
zulmat qoplaydi. Shubha, gumon, ishonchsizlik avj oladi. Hurmuz esa olamga yorug‗likni, 
ishonch va haqiqatni olib kiradi. O‗rtada shafqatsiz kurash avj oladi. Nihoyat, ezgulik va 
yorug‗lik kuchlari yengadilar. Hurmuz tantana qiladi. Inson ruhini yaratib, unga 
Zardushtni madadkor qilib tayinlaydi. Naql qilinishicha, bu voqealarning hammasi 
dunyoda inson zoti bino bo‗lishidan oldin yuz bergan.
Aytish mumkinki, «Avesto» adabiy manba, badiiy asar hamdir. Asarning katta qismi 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling