I bob. Abdulla qodiriyning hayoti va ijodiy faoliyati


Download 57.64 Kb.
bet1/6
Sana18.12.2022
Hajmi57.64 Kb.
#1027255
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulla Qodiriyning satirik asarlarida obraz yaratish


ABDULLA QODIRIYNING SATIRIK ASARLARIDA OBRAZ YARATISH


MUNDARIJA


KIRISH
I BOB. ABDULLA QODIRIYNING HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI
1.1. Abdulla Qodiriyning hayot yo’li.
1.2. Abdulla Qodiriyning ilk badiiy ijodi.
II BOB. ABDULLA QODIRIYNING ASARLARIDA OBRAZ YARATISH
2.1. “Kalvak maxzumning xotira daftaridan” romanida yozuvchining estetik ideali
2.2. O’zbek oyim, Zaynab va Oftob oyim obrazlarining tasviri
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH
Xalqning o‘zligi, ma’naviy dunyosi, intellektual salohiyati badiiy adabiyotda o‘z ifodasini topadi. Adabiyot har bir davrning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy muammolarini ko‘tarib chiqishi va ularga javob izlashiga ko‘ra tarbiyaviy ahamiyatga ega. Uning ijtimoiy-ma’rifiy xususiyati, ayniqsa, xalqning milliy ruhini ifodalab berishda ko‘rinadi. Tabiiyki, bu jarayonda poetik tafakkur tarzi ijodkorning adabiy shaxsiyati darajasini namoyon qiladi. Bashariyat tarixi shundan guvohlik beradiki, ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma’naviy barkamolligi ayollarga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi. Insoniyatning ayol siymosi bilan bog‘liq estetik ideali uni mudom go‘zallik, nafosat, ezgulik timsoli, murabbiy va komil inson tarbiyachisi sifatida taqdim etib keladi. “Odamning qalbida qanday oliyjanob tuyg‘ular mavjud bo‘lsa, ularning barchasi, avvalo, onadandir”1.
Xalqimizning buyuk tarixida o‘zining jasorat va matonati, aql-zakovati, nafosat va nazokati bilan o‘chmas nom qoldirgan To‘maris, Bibixonim, Gulbadanbegim, Zebuniso, Nodira, Uvaysiy, Anbar Otin va yuzlab ayollarning nomlari hamisha ehtirom bilan tilga olinadi. Ayollarga ehtirom va e’zoz Sharq mentalitetining ibratli jihatidir. Uning badiiy adabiyotdagi in’ikosi milliy badiiy tafakkur tarixida muhim va o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Shu sababli, badiiy adabiyotning asosiy tasvir obyekti bo‘lgan inson qalbi va ongida ro‘y berayotgan evrilish, o‘zgarishlarning sir-sinoatlarini, sabab-oqibatlarini, ularning jamiyat ravnaqidagi o‘rnini tadqiq etish masalasi mehr-muhabbat timsoli, avlodlar silsilasini bog‘lovchi kuch, yaratish va ijodkorlik ramzi bo‘lgan ayol obrazi bilan bog‘liq tahlil va talqinlarsiz to‘liq bo‘lmaydi. Binobarin, o‘zbek adabiyotida ayol siymosini yaratishdagi ijodkor mahorati masalasini umumbashariy, insonparvar mezonlar va milliy qadriyatlar asosida, badiiy ijodiyotning ichki qonuniyatlariga asoslanib, tadrijiylik nuqtai nazaridan qiyosiy tadqiq etish adabiyotshunoslikning dolzarb vazifalaridan biridir.
Ishning maqsadi o‘zbek adabiyotida ayol obrazining yaratilishidagi Abdulla Qodiriyning o‘ziga xos uslubini o‘rganish, bu borada uning satirik asarlarida obraz yaratish.Yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal etish lozim bo‘ladi:

  • Abdulla Qodiriy romanlarining hayot yo’li va ijodini o’rganish;

  • Abdulla Qodiriyning satirik asarlarida obrazlari bilan bog‘liq badiiy tajassum masalalarini Abdulla Qodiriy ijodidagi talqinini o‘rganish;

  • badiiy asar qahramonlari tasviri va obrazlari;

  • “O’tkan kunlar” romanida estetik ideal va Kumush obrazining tahlili;


Download 57.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling