Dilnavoz Yusupova
Anbugoniy, Qaffol Shoshiy va boshqalarning Qur’onga yozgan tafsirlari
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- 72 ta katta-kichik qissalardan iborat. Asarda 33 payg‘ambar, 4 xalifa, 7 tarixiy shaxs va boshqalar to‘g‘risida so‘z boradi.
Anbugoniy, Qaffol Shoshiy va boshqalarning Qur’onga yozgan tafsirlari, «Usmat ul-
avliyo», «Daloyil an-nubuvva» kabi ko‗plab diniy adabiyotlar, Abulhasan Kisoiy qissalaridan ham foydalangan. Rabg‗uziyning bu ijod mahsuli mazkur mavzu an‘anasidagi o‗ziga xos bosqich bo‗ldi. Birinchidan, adib o‗zigacha yaratilgan payg‗ambarlar haqidagi qissalarni puxta o‗rgandi, ularning yutuqlarini umumlashtirdi, rivojlantirdi. Ikkinchidan, salaflari yo‗l qo‗ygan kamchiliklarni tuzatdi, xato va chalkashliklarga barham berdi. Uchinchidan, oldinlari nabiylar haqidagi qissalar arab va fors tillarida yozilgan bo‗lsa, Rabg‗uziyning turkiy tilda bitilgan qissalari turkiy xalqlarning bebaho ma‘naviy mulkiga aylandi. Dunyoning yaratilishidan boshlab so‗nggi payg‗ambar Muhammad alayhissalomning nevaralari Hasan va Husaynning shahid bo‗lishi, payg‗ambar xonadonining zavoligacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga olgan ushbu asar 72 ta katta-kichik qissalardan iborat. Asarda 33 payg‘ambar, 4 xalifa, 7 tarixiy shaxs va boshqalar to‘g‘risida so‘z boradi. Qissalar syujeti, bosh qahramonlari turlicha bo‗lsa-da, ularni bir zot – Muhammad alayhissalom siymosi o‘zaro birlashtirib turadi. Dunyoning yaratilishi haqidagi birinchi qissada aytilganidek, Alloh taolo farishtalariga qarata: «... man bilurmankim, Muhammad Mustafo alayhissalom Odam o‘g‘lonlaridan bo‘lg‘usi, bul jahonni, ul jahonni, oyni, kunni, qamug‘ narsalarni aning sevukligi uchun yaratdim», – deb marhamat qiladi. Shuningdek, asarning oxirgi qissasi Muhammad alayhissalom va u zotning oilasi, avlodlari haqidadir. Ko‗rinadiki, insoniyatning uzoq tarixi, nabilar, avliyolar va boshqa ulug‗ zotlarning haq va haqiqat yo‗lidagi sa‘y-harakatlari, izlanishlarining samarasi, umuman, odam zotining takomillashuvi Muhammad alayhissalomning dunyo sahnasiga chiqishi bilan zuhur topdi. Qissalarning hajmi turlicha. Masalan, «Qisasi Yusuf» salkam yuz sahifani tashkil qilsa, «Lut» haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat. Qissalarning ko‗pi qahramon haqidagi muayyan xabar bilan boshlanadi, so‗ng she‘riy madh, keyin asosiy voqealar bayoni keladi. Ba‘zi qissalar ichida yana mustaqil hikoya, rivoyat va naqllar ham bor. Masalan, Yusuf qissasida bir necha hikoya, latifa, bayt, g‗azal va boshqa janr namunalari uchraydi. Ammo ular asarda olg‗a surilgan asosiy 157 g‗oyaviy-badiiy maqsad bilan yaxlitlikni tashkil etadi. Misol sifatida «Dovud haqida»gi qissa bilan tanishish mumkin. Qissa Dovudning ta‘rifi bilan boshlanadi. So‗ng she‘riy tavsif beriladi. Undan keyin Dovud payg‗ambar haqidagi umumiy tasavvurlar bayon etiladi: «Dovud yalavoch (payg‘ambar) bani Isroildan erdi. O‘n qarindosh erdilar. Otalari… Dovud qamug‘idin (barchasidan) kichik erdi. Tun-kun yig‘layur erdi ibodat ichinda». Ko‗rinib turganidek, Rabg‗uziy qissada nihoyatda sodda, lo‗nda, tushunarli va ta‘sirchan ifodalarni topa olgan. Shuning uchun bu asar asrlar davomida qo‗ldan tushmay o‗qildi. Dovud bilan bog‗liq hikoyalarda adib adolat va zulm, hunar egalari, ota-ona va farzandlar munosabati singari muammolarga asosiy e‘tiborni qaratgan. «Aytmishlar, Dovud yalavoch tunla o‘zin belgusiz qilib ra’iyatlardin so‘rar erdikim, podshoh sizing birla netak muomala qilur? Aytur erdilar: yavloq (juda) odil turur». Bir kecha andog‘ so‘zlayurda Mavlo taolo bir farishtani izdi (jo‘natdi) bir qurtqa (kampir) surati uza. Andin so‘radi: «Podshohingiz netak turur?» Qurtqa aydi: «Ontasi (shunisi) bor, kishilar molin yeyur». Dovud duo qildi: «Iziyo (egam-ey), manga bir harf (hunar) o‘rgatgil. Aning birla qazg‘achiligi (nasibamni) yeyayin. Xalq mani so‘zlamasunlar. Mavlo taolo bir taqachilik (temirchilik) san’atin anta o‘gratu berdi. Aymishlar, temur Dovud ilkinda mo‘mtek yumshar erdi, netakkim xamir o‘zgalar ilkinda». Halollikka, o‗z mehnati bilan halol kun ko‗rishga, boshqalarga zulm qilmaslikka undash hikoyaning asosiy maqsadidir. O‗zbek nasrida ilk marotaba dialoglar Rabg‗uziy tomonidan keng qo‗llangan. Ana shu dialoglar vositasida asosiy g‗oyaviy maqsad yorqin va ta‘sirchan ifodalangan. Rabg‗uziy hikoyalarida insonparvarlik, yurtparvarlik, insonni komillik darajasiga ko‗tarish, axloqiy poklik, ma‘naviy barkamollik sari undash yetakchilik qiladi. Ular orasida til odobi va qalb pokligi ham alohida o‗rin tutadi. Bu jihatdan «Luqmon va uning xojasi» hikoyati ibratlidir: «Luqmong‘a xojasi aydi: – Borg‘il, bir qo‘y bo‘g‘izlab etindin qayu yaxshiroq ersa manga kelturgil. Qo‘yni bo‘g‘izladi, tili birla yurakin olib keldi. Xojasi so‘rdi: 158 – Bularni naluk (nima uchun) kelturding? Aydi: – Qo‘yda tildin, yurakdin yaxshiroq yo‘q. Agar yovuz ersa tildin, yurakdin yovuzroq yo‘q». Tilga e‘tibor berish, har bir aytiladigan so‗z mas‘uliyatini ta‘kidlash hikoyadagi asosiy g‗oyaviy-badiiy niyatdir. Bu yerda donolik, hozirjavoblik ham ulug‗langan. Shuningdek, «Qisasi Rabg‗uziy» o‗ziga xos etnografik xarakterdagi chizgilarga ega asardir. Unda turkiy va boshqa xalqlarning ayrim rasm-rusum, urf-odatlari ham muallif nazaridan chetda qolmagan: «Rum viloyatining odati bor, teva (tuya)lari chaliqliq (beboshlik qilib) burunduqlatmasalar, yangi tushgan kelinlarni keltirub, un tuzub Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling