Dilnavoz Yusupova


(musiqa chaldirib) yirlayturlar (kuylatishadi)


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

(musiqa chaldirib) yirlayturlar (kuylatishadi). Tevalar ularning ovozlariga xushlanib 
o‘zlaridan kecharlar (o‘zlarini unutadilar), «ilikka ilinurlar (qo‘lga tushadilar. Yoki: 
«Xalq orasida rasm bor, do‘st do‘stga safar qilib yonar (qaytar) bo‘lsa, bir hadya ola 
borurlar».
Juda ko‗p o‗rinlarda voqealar bayoni, holatlar tasvirida tashbeh, tanosub, tazod, 
tajnis, takrir, jonlantirish kabi tasvir vositalardan unumli foydalanilgan. Xususan, saj‘ 
(nasrdagi ichki qofiya) adibning sevimli badiiy vositasi ekanligi ko‗zga tashlanadi. 
Muallif saj‘dan, asosan, ta‘rif va tavsif o‗rinlarida foydalanadi. Masalan, Idris 
alayhissalom ta‘rifi: «...payg‘ambar alayhissalom ul umri ukush, diydori ko‘shish, 
Azroilg‘a qotishg‘an, rizvon birla yanashg‘an, dunyodin qushtek uchg‘an, tamug‘g‘a kirib 
chiqg‘an, Sirotdin yashindek kechg‘an, uchmoh qabug‘in ochg‘an, o‘zi aziz, o‘rni adiz, 
irig‘ zotlig‘, Axnuh otlig‘ Idris yalavoch» 
«Qisasi Rabg‗uziy»dagi qissa va hikoyatlar orasida o‗nlab she‘rlar ham mavjud. Ular 
jami 600 misra. Bahor vasfiga bag‗ishlangan birinchi turkiy g‗azal ham Rabg‗uziy 
qalamiga mansub. U shunday boshlanadi: 
Kun hamalga kirdi ersa, keldi olam navro‘zi,
Kechdi bahman zamharir qish, qolmadi qori, buzi.


159 
O‗zbek adabiyotidagi bu ilk g‗azalda Rabg‗uziy janrning barcha shakliy-badiiy 
talablariga mukammal darajada rioya etgan. She‘rning matla‘sidan maqta‘sigacha navro‗z 
ta‘rif-tavsifi aks ettiriladi. Navro‘zi, buzi, yuzi, yozi, tuzi, qo‘y-qo‘zi, juzi, qo‘zi, qunduzi, 
kunduzi, yulduzi, Rabg‘uziy so‗zlaridan tashkil topgan qofiyalar tizimi turkiy til tarovatini 
ko‗rsatuvchi omillardan biri bo‗lgan. Maqta‘da ilk bor taxallus ishlatilgan. Vazn sifatida 
ramal bahrining ramali musammani mahzuf vazni tanlab olingan: 
Kun ha-mal-ga kir-di er-sa, kel-di o-lam nav-ro‗-zi, 
– v – –
– v – – v – – – v –
foilotun 
foilotun 
foilotun 
foilun 
Kech-di bah-man zam-ha-rir qish, qol-ma-di qo-ri, bu-zi. 

v – – – v – – – V – – – V –
foilotun 
foilotun 
foilotun 
foilun 
Asardan olingan quyidagi so‗zlar esa har bir musulmon uchun eslatma bo‗lishi kerak: 
«Ma’siyat (gunoh)dan yig‘iling, xalq orasida ko‘ni (to‘g‘ri) hukm qiling, kuch qilmang
zino qilmang, qon to‘kmang, xiyonat qilmang».

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling